"Spartak Toshkent" - finalda!
18 avg 2017 15:47
Yangiliklar
"Spartak Toshkent" - finalda!
O'zbekistonning "Spartak" klubi Xitoydagi xalqaro musobaqada finalga chiqishga muvaffaq bo'ldi.
SHenyang shahrida o'tayotgan "Gothia Cup" musobaqasida dunyoning ko'plab
mamlakatlaridan kelan jamoalar qatorida Sergey Arslonov boshchiligidagi
Toshkentning "Spartak" jamoasi ham ishtirok etmoqda.
"Spartak"
bugun musobaqaning yarim finalida Xitoy "Ksinming" klubi qarshi maydonga tushib 2:0 hisobida g'alabaga erishib hal qiluvchi bahsga yo'l oldi. Gollarga Muhammadali O'rinboev, Jamshid Toirjonov mualliflik qilishdi. Finalda "Spartak" Urumchi klubiga qarshi o'ynaydi. Raqib futbolchilarinig yoshi bir yosh katta ekanligini ham qo'shimcha qilish lozim.
O'zbekiston
sharafini munosib himoya qilayotgan "Spartak Toshkent" klubi yigitlariga finalda ham omad tilaymiz! Yurtimizga kubok bilan qaytishlariga tilakdoshmiz!


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar