Yangi Toshkent stadioni loyihasi bo'yicha uchrashuv o'tkazildi
29 noy 2025 09:46
Yangiliklar
Yangi Toshkent stadioni loyihasi bo'yicha uchrashuv o'tkazildi
Uchrashuvda qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent stadionining loyihasi ko'rib chiqildi. Shuningdek, loyiha bo'yicha taqdimot tinglanib, arxitektura va texnik echimlar batafsil muhokama qilindi.
O'FA rahbariyati mavjud chizmalar bo'yicha o'z takliflarini bildirib, ayrim yo'nalishlarni takomillashtirish zarurligini qayd etdi.
Loyiha FIFA va OFK talablariga to'liq mos bo'lishi, muxlislar uchun qulay va xavfsiz kirish yo'laklari tashkil etilishi, zamonaviy avtoturargoh infratuzilmasi barpo etilishi, shuningdek, stadion hududida yuqori darajadagi restoran va ovqatlanish maskanlari yaratilishi kabi jihatlar ham alohida muhokama qilindi.
Stadionning o'yin oldi tashkiliy jarayonlari, media xodimlari uchun zamonaviy va qulay sharoitlar, tibbiyot bo'limlari hamda boshqa funkcional zonalarning xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilishi masalalari ham o'rganib chiqildi.
Tomonlar faoliyatni birgalikda davom ettirish va stadion koncepciyasini yanada mukammallashtirish bo'yicha takliflarni muhokama qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Olimpiya stadioniga oʻxshab soqqa qilishga qurilganga oʻxshamasdan. Tashqaridan ooooo deydi, ichiga kirsa 10 ming odam sigʻmedi. Tufe bunaqa ustiq yaltiroq, ichi qaltiroq stadionga