“Spartak” PSV xavbekini o'z safiga qo'shib oladi
09 jan 2021 20:25
Yangiliklar


“Spartak” PSV xavbekini o'z safiga qo'shib oladi
PSV yarim himoyachisi Yorrit Xendriks faoliyatini RPLda davom ettiradi.
U “Spartak” bilan ko'p yillik shartnoma imzolaydi va bu 11 yanvarga qadar amalga oshishi kutilmoqda. Xendriks PSVning Niderlandiya chempionati 15-turi doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yin uchun elon qilgan qaydnomasidan joy olmadi.
Yorrit Xendriks – PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchining jamoa bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunigacha tuzilgan. U 2020/21 yilgi mavsum klub libosida 16 o'yinda maydonga tushib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi. Transfermarkt esa Xendriksning narxini 4 mln evroga baholamoqda
Yorrit 2016 yil Niderlandiya TJ debyut qilgan va shundan buyon terma safida boshqa maydonga tushmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar