"Spartak" prezidenti RPLdan ertagayoq chiqib ketmoqchi: "Masxarabozlar chempionatida o'ynamoqchi emasmiz"
10 avg 2020 00:32
Yangiliklar
"Spartak" prezidenti RPLdan ertagayoq chiqib ketmoqchi: "Masxarabozlar chempionatida o'ynamoqchi emasmiz"
Biroz avval "Spartak" va "Sochi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. O'yindan keyin Moskva klubi xo'jayini Leonid Fedun chempionatdan chiqib ketmoqchiligini bildirdi.
Uchrashuvni boshqargan hakam Vasiliy Kazarcev mezbonlar darvozasi tomon 2 ta penalti belgiladi. Ikkinchisi – 90-daqiqada va "Spartak"ni 2 ochkodan mahrum qildi.
– Meni qo'llab-quvvatlash shart emas. Ertaga chempionatni tark etishimizni elon qilaman. Bizsiz o'ynashlariga qo'yib beramiz.
– Jiddiy aytyapsizmi?
– Ha, yozishingiz mumkin.
Men bunday sahnalashtirilgan masxarabozlikda ishtirok etishniyam, pul sarflashniyam xohlamayman", – dedi Fedun.
Fikrlar