Spartak PFK (Buxoro)ga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi
23 iyu 2014 20:00
Yangiliklar
Spartak PFK (Buxoro)ga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi
O'zbekiston Birinchiligi G'arb mintaqasida ishtirok etuvchi Spartak PFK (Buxoro)ga nisbatan, klub 2013 yilgi zayavka badali bo'yicha qarzdorligini yopmaganligi uchun, intizomiy choralar ko'rildi.
O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamentini, shuningdek, Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 1-bo'lim, 5.23-bandi)ni buzgani uchun, shuningdek, Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 4-bo'lim, 5.33-bandi)ga asosan, 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi musobaqa jadvalida Spartak PFK (Buxoro)dan 6 ochko echib olindi.
2014 yilning 1 iyuliga qadar qarzdorlik tugatilmasa, Spartak PFK (Buxoro) 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqariladi.
2014 yilning 1 iyuliga qadar qarzdorlik tugatilmasa, Spartak PFK (Buxoro) 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqariladi.
Fikrlar