"Spartak": "O'runov sport tamoyili va murabbiylar qarori asosida ro'yxatdan chiqarildi"
19 fev 2021 16:01
Yangiliklar


"Spartak": "O'runov sport tamoyili va murabbiylar qarori asosida ro'yxatdan chiqarildi"
"Spartak"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktori Anton Fetisov yarim himoyachi Oston O'runovni RPL qaydnomasidan chiqarib yuborilgani to'g'risidagi qaror bo'yicha tushuntirish berdi.
"O'runov sport tamoyili, murabbiylar shtabi va klubning birgalikda chiqargan qarori asosida ro'yxatdan chiqarildi", – dedi Fetisov.
O'zbekistonlik xavbek "qizil-oqlar" safiga o'tgan yozda qo'shilgan edi, ammo u tarkibda o'z o'rnini topa olmadi.
Oldinroq O'runovga "Rubin" va o'yinchining sobiq jamoasi "Ufa" tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
"Spartak" munosib taklif kelib tushsa, futbolchini sotishga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar