"Spartak" bosh direktori: "O'runov "Spartak"ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. Uning agentlari jamoa izlashmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz"
06 avg 2022 17:38
Yangiliklar
"Spartak" bosh direktori: "O'runov "Spartak"ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. Uning agentlari jamoa izlashmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz"
"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov yarim himoyachi Oston O'runov borasidagi vaziyat haqida gapirdi.
Oldinroq malum bo'lganidek, O'runov yuqori maosh sabab poytaxt jamoasidan ketishni rad etmoqda. U "Spartak"da oyiga 50 ming evro maosh oladi.
"Hozircha yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. Tushunishimcha, agentlari unga jamoa izlashmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz", — deydi Melejikov.
O'runovning "Spartak" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi moskvaliklar safida umumiy 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar