“Spartak” 1999 yildan buyon ilk marta chempionatning har ikki uchrashuvida CSKAni mag'lub etdi
30 apr 2017 22:29
Yangiliklar
“Spartak” 1999 yildan buyon ilk marta chempionatning har ikki uchrashuvida CSKAni mag'lub etdi
Rossiya chempionatining 26-turida “Spartak” futbolchilari safarda CSKAdan (2:1) ustun kelishdi.
Ushbu g'alabadan keyin “qizil-oqlar” armiyachilardan turnir jadvalida 10 ochkoga ilgarilab ketishdi.
Mazkur jamoalarning birinchi davrada “Otkritie Arena” da o'tgan bahsida ham “Spartak” g'olib chiqqan edi. SHu tariqa “Spartak” 1999 yildan buyon ilk marta mavsumning har ikki o'yinida ham CSKAni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 1999 yilgi mavsumda “Spartak” keyinchalik chempionlikni qo'lga kiritgan, CSKA esa uchinchi o'rin bilan cheklangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar