Spalletti: "Oson bo'lmadi, ammo biz tarixiy natijaga erishdik"
16 mar 2023 09:02
Yangiliklar


Spalletti: "Oson bo'lmadi, ammo biz tarixiy natijaga erishdik"
Luchano Spalletti "Napoli" bilan 1/4 finalga chiqqanidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
1/8 finalning javob o'yinida "Napoli" "Ayntraxt"ni 3:0 hisobida (birinchi o'yinda 2:0) mag'lub etdi.
"Oson bo'lmadi, lekin biz tarixiy natijaga erishdik. Avvaliga "Ayntraxt" hujum uyushtirdi. Bizda jamoaviy o'yin o'xshamadi, chunki ular yuqori darajada bosim uyushtirishdi.
Ikkinchi taymda esa biz yaxshiroq o'ynay oldik", - dedi Spalletti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar