Spalletti "Napoli"ni boshqaradi
29 may 2021 07:28
Yangiliklar
62 yoshli mutaxassis Neapol klubi bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Spalletti klubda "Fiorentina"ga yo'l olgan Jennaro Gattuzoning o'rnini egallaydi.
Spallettining so'nggi ish joyi "Inter" bo'lgan edi va italiyalik milanliklar safini 2019 yilning mayida tark etgan. Mutaxassis oldin "Empoli", "Sampdoriya", "Udineze", "Zenit" va "Roma" klublarini boshqargan.
"Napoli" o'tgan mavsum A Seriyada 5-o'rinni egalladi.
Fikrlar