SPAL Nainggolan transferini elon qildi
30 jan 2023 23:07
Yangiliklar
SPAL Nainggolan transferini elon qildi
SPAL belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
34 yoshli futbolchining italyan klubi bilan kelishuvi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan, biroq unda yana bir yilga uzaytirish varianti ham ko'zda tutilgan.
Nainggolan joriy mavsumni Belgiyaning Antverpen klubida boshlagan. Ushbu jamoa safida yarim himoyachi 18 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi hamda uchta gol urib, ikkita golga assistentlik qildi. Avvalroq yarim himoyachi "Kalyari", "Roma" va "Inter" klublarida ham to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, SPAL Italiya B seriyasida ishtirok etadi. 22-turdan so'ng Ferrara shahri jamoasi 24 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar