So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

⚡️ Uilson Raj Perumal: "OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan shubham bor" Yangiliklar

⚡️ Uilson Raj Perumal: "OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan shubham bor"

Championat.asia saytining kelishilgan o'yinlar bo'yicha eksperti Uilson Raj Perumal yaqinda o'tgan bahs haqida o'z fikrini bildirdi.

"O'zbekiston chempionati doirasidagi OKMK - "Qizilqum" uchrashuvini tomosha qildim va tekshirib ko'rdim. Xulosam shu: bahsni chetdan kimdir boshqarib turgan. Sabablari quyidagicha: Mehmon jamoa futbolchilarining maydonda o'zini g'alati tutishgani, bahsda qaysidir jamoa 2,5 to'p farqi bilan yutishiga katta pul tikilgani. Bahs davomida mehmon jamoa futbolchilarini diqqat bilan kuzatdim va ko'p joylarda to'p olib qo'yishga intilishmaganiga etibor qildim", - dedi Uilson Raj Perumal.

Malumot uchun, OKMK - "Qizilqum" uchrashuvida 4:0 hisobi qayd etildi. O'yinning 80-daqiqasigacha 2:0 hisobi qayd etilayotgandi. 81-daqiqada mehmonlar himoyachisi to'pni o'z jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun chetlatildi va penaltidan uchinchi gol urildi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa hisob 4:0 bo'ldi.

Qo'shimcha qilish kerakki, 64-daqiqada (hisob 2:0 edi) "Qizilqum" ustozi Asror Aliqulov balki vaziyatni o'zgartirish maqsadida Islom Kenjaboevni almashtirmoqchi bo'ldi shekilli, ammo Islom maydonni tark etishni xohlamadi va bahs oxirigacha o'ynadi. Aynan shu bahsdan keyin Aliqulov o'z arizasiga ko'ra, "Qizilqum" bosh murabbiyligidan ketdi.

Perumalning yakuniy xulosasi: "My opinion is 100% fixed" (o'yin natijasiga tashqaridan 100% aralashuv bo'lgan).





OKMK

Sanjar Tursunov - 23', Shohruh Gadoyev - 51', Xurshid G’iyosov - 81', Ruben Sanchez - 90'

Superliga. 9-tur

08/05/2023, 19:00

0
:
4
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
23'  Sanjar Tursunov
51'  Shohruh Gadoyev
51'  Siyavash Haqnazariy
74'  Sanjar Tursunov (Mirjamol Qosimov)
74'  Abdulla Abdullaev (Oybek Rustamov)
74'  Martin Boake (Mirzhahon Mirahmadov)
81'  Xurshid G’iyosov
85'  Siyavash Haqnazariy (Ruben Sanchez)
89'  Shohruh Gadoyev (Muhammadanas Hasanov)
90'  Ruben Sanchez
90'  Mirjamol Qosimov
56'  Islom Toshpo'latov
64'  Oybek Nurmatov (Diyor Rahmatilloev)
70'  Alisher Sanayev
71'  Sherali Jo’rayev (Davron Anvarov)
78'  Alisher Sanayev (Humoyun Abdualimov)
78'  Viktor Mbaoma (ZHasur Xolto'raev)
80'  Azizbek Usmonov



Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика