So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  0 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  8 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Sotish ham sanat Yangiliklar

Sotish ham sanat

Sir emas, so'nggi yillarda Manchester Siti tomonidan amalga oshirilayotgan transferlar, aniqrog'i, yangi futbolchilar uchun sarflanayotgan mablag' ko'lami barchani hayrat ko'chasiga etaklamoqda.

Ammo zamonaviy futbolning qonuni shunday - kimdir xarid qiladi, boshqasi aksincha, futbolchilarni imkon qadar balandroq narxda pullashga intilaveradi. Soccer.ru sayti shu masalaga alohida yondashib, Evropa klublarining 2010 yildan keyin amalga oshirgan oldi-sotdilarini tekshirib chiqish asnosida eng ustamon sotuvchilar reytingini shakllantirdi. O'ylaymizki, moliyaga bog'liq qiziqarli faktlar sizlarni ham befarq qoldirmaydi.

11-o'rin - SEVILYA: 349 million evro

Elit ro'yxatni Ispaniyaning Sevilya klubi boshlab beradi. Etiborlisi, mazkur jamoaning Monchi kabi ishbilarmon sport direktori borki, u o'tkir aqli evaziga transferlardan hech qachon ziyon ko'rmaydi. Bunga istalgancha misollar keltirish mumkin. Masalan, atigi 2,5 millionga xarid qilingan Ivan Rakitich Barselonaga 18 limon evaziga berildi. Gari Medelga esa 3 million evro sarflangandi va uning ortidan 13 limon sanab olindi. Kondogbianing transferi 4 limonga tushgandi, uning sotuvidan 20 million qoldi. Kevin Gameyroning narxi 7,5dan 32 millionga oshdi, 7 000 000 evroga  xarid qilingan Karlos Bakka esa 30 limonga sotildi. Bunday futbolchilar sirasiga yana Krixovyak, Vidal, Negredo, Xesus Navas, Kaseres va boshqalarni kiritish mumkin. Muhimi, Sevilya muntazam ravishda har bir futbolchini xarid qilingan narxga nisbatan ancha qimmatroqqa sotishni uddalaydi. Xullas, Andalusiya klubi 2010 yildan buyon faqat transferlarning o'zidan juda katta mablag' topdi! Bu orada jamoaning Evropa Ligasida naq 3 marta zafar quchganini ham aytish joiz.

10-o'rin - CHELSI: 358 million evro

CHelsidagi vaziyat biroz boshqacha. Londonliklar 2010 yildan buyon futbolchilar sotuvidan 358 million evro olishgan, lekin shuning barobarida xaridlar uchun naq 871 limon sarflashdi. Aytish o'rinli, CHelsi futbolchilar xaridiga mablag' sarflash, yani pul to'la qopchiq tanlovida 2-o'rinda turibdi. Achinarlisi shundaki, londonliklar ko'pincha biror-bir futbolchini arzon-garovga sotib yuborishadi-da, keyin barmoqlarini tishlab qolishadi. De Bryuyne yoki Lukaku bilan bo'lgan voqealarni eslang! Yoki Matichni olaylik: bu futbolchi avvaliga keraksizdek tuyuldi va Benfikaga jo'natildi, keyin esa sotilgan narxiga nisbatan 5 baravar qimmatiga qaytarib olindi. Nima ham derdik, bu - CHelsi, bu - Abramovich...

9-o'rin - REAL: 361 million evro

Kimdir aytishi mumkin: Real - pul to'la qopchiq! Ha, chindan ham, Qirollik klubi kerakli futbolchi uchun qancha kerak bo'lsa, shuncha sarflashga qodir. Biroq unutmaslik kerak, bu jamoa o'zi ishtirok etadigan har qanday musobaqada faqat g'oliblikni ko'zlaydi va buning uchun tarkibi shunga yarasha bo'lishi shart. To'g'ri, adolat yuzasidan aytganda, Realning sarf-xarajatdagi kamomadi, yani -283 million evrolik ko'rsatkichi Barselonaga tegishli bunday natija oldida misoli holva. Zero, kataloniyaliklar 2010-2016 yillar oralig'ida yangi futbolchilar uchun Realga ko'ra, 100 million evro ko'proq sarflashdi. Achinarlisi, FIFA yaqinda Realga nisbatan transfer  taqiqini qo'lladi va endi madridliklar yanada tejamkor bo'lishlari aniq.

8-o'rin - ROMA: 367 million evro

Rimning Romasi ham ro'yxatdagi aksariyat jamoalar kabi xaridlar uchun ko'proq pul sarflaydi. Biroq har bir yangi futbolchi bo'rilarga kutilgan darajada naf keltiravermaydi. SHu boismi, Roma XXI asrning ikkinchi 10 yilligida hali biror sovringa ega chiqmadi. Kim biladi, balki yaqin orada barchasi butunlay o'zgarib ketar... Bu endi vaqt hukmiga havola. Umumiy qaraganda, klubning sobiq etakchilari - Pyanich va Benatiyaning katta summa  evaziga sotilgani adolatli bo'ldi. Biroq ularsiz jamoaning ishlari yurishmay qolgani ham rost...

7-o'rin - TOTTENXEM: 369 million evro

Tottenxemning xaridlar uchun sarflagan puli miqdori futbolchilar sotuvidan tushgan daromadga qaraganda, deyarli 100 million evro ko'p. Lekin bu Angliya klublari uchun ziyon hisoblanmaydi. Eng qizig'i, shporlar Realni o'zlariga shunchalik mahliyo qilishganki, ispan klubining Modrich va Beyl transferi uchun cho'ntagini ancha chuqur kovlashiga to'g'ri keldi. Umuman olganda, Tottenxemning transferlar siyosati havasga arzigulik. CHunonchi, londonliklar 6 yilda o'rtacha va mayda kelishuvlarning o'zidan 200 million topishdi.

6-o'rin - ATLETIKO: 377 million evro

Atletiko so'nggi yillarda Evropaning top-klublaridan biriga aylanib oldi va bu tabiiyki, sarf-xarajatning ortishiga olib keladi. CHunonchi, matraschilar o'z tarkiblarini kuchaytirish yo'lida ancha ter to'kishgani natijasida ECHL finalida 2 marta ishtirok etishdi. SHubhasiz, ayni vaqt klub oldidagi vazifalar sezilarli darajada jiddiylashgan. Demak, yaqin orada Atletiko tarkibidagi biror yulduzning sotilishiga guvoh bo'lishimiz qiyin. Ehtimolki, xuddi shu holat klubning donorlar safidan chiqib ketishiga sabab bo'lgandir...

5-o'rin - PORTU: 382 million evro

Mana, nihoyat, reytingdagi bosh qahramonlar - futbolchilar savdosidan ulkan foyda ko'radigan portugal klublariga ham navbat keldi. Jumladan, Portu 2010-2016 yillar oralig'ida xaridlar uchun 200 million sarfladi-da, bundan deyarli ikki baravar ko'p sof foyda ko'rdi. Mangala, Aleks Sandro, Danilo, Jekson Martines, Xames Rodriges, Moutino, Xalk... Bular - faqat tanilgan futbolchilar, xolos. Keng ommaga uncha tanilmagan, ammo Portu g'aznasini boyitgan futbolchilar ham ko'p.

4-o'rin - Benfika: 414 million evro

Taqdirning hazilini qarangki, Benfika va Portu klublari shu reytingda ham yonma-yon turishibdi. Birgina farq shundaki, burgutlar transferlar uchun ashaddiy raqiblaridan ko'ra, ko'proq pul sarflashgan va o'z navbatida, olingan foyda ham ularda Portunikidan 30 million ziyod. Zero, Benfika yozda Renatu Sanshesh va Nikolas Gaytanni yaxshigina summada pulladi. Ulardan avval esa di Mariya, David Luiz, Ramires, Koentrau va Matich top-klublar darajasiga etishgandi. Etiborlisi, Benfika rus klublari bilan ham mustahkam aloqa o'rnatgan. Buning natijasi o'laroq, Aksel Vitcel uchun Sankt-Peterburgning Zenit klubidan 40 million evro olindi.

3-o'rin - YUVENTUS: 415 million evro

Aslini olsak, Yuventusning xaridlari hajmi sotuvga nisbatan 200 million evro ko'p. Biroq 2010 yildan buyog'iga klub ixtiyoridagi futbolchilarning narxlari sezilarli darajada o'sdi. To'g'ri, keksa sinoraning yirik savdolarini sanashga bitta qo'lning barmoqlari ham etadi. Ammo gap shundaki, grandlarga sotilgan Pogba va Morataning narxini dunyoning uncha-muncha baquvvat klublari ko'tarolmasliklari ham bor gap. Aytgancha, yuqoridagi ikki futbolchi yoniga yana Arturo Vidalni qo'shib qo'yish lozim. Negaki, Bavariyaning chililik yarim himoyachiga ega bo'lish yo'lida katta mablag'dan voz kechgani barchaga ayon. Turinliklar tomonidan sotilgan boshqa futbolchilar unchalik etiborga arzimasliklari mumkin. Biroq eng muhimi, Yuve transferlar masalasiga jiddiy qaramoqda va bu o'z navbatida, naf keltira boshladi.

2-o'rin - VALENSIYA: 432 million evro

Valensiya bir necha yillardan buyon shov-shuvli natijalarga erishmay, ishqibozlari ko'nglini og'ritishga ham ulgurdi. Biroq jamoaning savdo-sotiq ishlari hamon bir tekis ketmoqda. Jumladan, ko'rshapalaklar o'tgan yozning o'zida SHkodran Mustafi, Andre Gomesh va Pako Alkaserni 100 milliondan ko'proqqa sotishdi. Oldinroq esa ispaniyaliklar Otamendi, Matyo, Soldado, Mata va Vilyaning sotuvidan katta foyda olib, Atletikodan farqli ravishda, donorlar qatorida qolishgandi. Darvoqe, Valensiya 2010 yildan buyog'iga faqat transferlarning o'zidan sof 100 million evro daromad qildi. Demak, klubning moliyaviy ko'rsatkichlari chakki emas.

1-o'rin - LIVERPUL: 442 million evro

Agar liverpulliklar tarkibni yangi futbolchilar bilan boyitish uchun keyingi 6 yilda jami 663 million evrodan voz kechishganini hisobga olsak, daromad va buromad o'rtasidagi farq  -221 ko'rinishida. Boshqacha aytganda, qizillarning futbolchilar uchun sarflagan mablag'lari foydaga nisbatan ancha ko'p. Biroq bu jamoa vakillari shunday yorqin va serjilo o'yin ko'rsatishadiki, xaridorlar ular uchun uncha-muncha xarajat betiga qarashmaydi. Misol uchun, Rahim Sterling, Luis Suares va Fernando Torresning sotilishi tufayli klub g'aznasi 200 million evroga boyigan. Endi bu hisobga Xaver Maskerano va uning Barselonaga qilingan transfer summasi - 20 limonni qo'shamiz. Natijani ko'ring va havas qiling: 4 nafar futbolchining sotuvi umumiy foydaning teng yarmini qoplayapti. Bu - Liverpul, azizlar...

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика