So'rovnoma natijalari! Ko'pchilik Abramov “Loko”ga bosh murabbiy bo'lganidan xursand
16 fev 2014 11:18
Yangiliklar

So'rovnoma natijalari! Ko'pchilik Abramov “Loko”ga bosh murabbiy bo'lganidan xursand
Vadim Abramovning “Lokomotiv” bosh murabbiyi bo'lganidan xabar topgach, “Lokomotiv”ga Abramov bosh murabbiy etib tayinlanganiga qanday qaraysiz?” mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. Bugun natijalarni elon qilamiz.
So'rovnomada jami 403 kishi ishtirok etibdi. Ovozlar bo'yicha to'xtaladigan bo'lsak, eng ko'p ovozni “Buni eshitib juda xursand bo'ldim” varianti to'plagan - 334 ovoz. Bundan ko'rinib turibdiki, aksariyat muxlislarning bu xabardan kayfiyati chog' bo'lgan. Malumki, Abramov hujumkor futbolni maqul ko'radi, uning boshchiligida milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2011da qanday o'yin namoyish etgani hamon yodimizda. SHundan kelib chiqqan holda so'rovnoma ishtirokchilarining ko'pchiligi Abramovning “Loko” bosh murabbiyi bo'lganidan xursandligini yashirmagan.
“Loko” chetdan murabbiy olib kelish kerak edi” degan variantda 38 ishtirokchi to'xtalgan. Ehtimol, jamoaning hozirgi tarkibidan kelib chiqqan holda klub xorijlik murabbiyni olib kelsa maqul bo'larmidi. Har holda muxlislarning 38 nafari shu javobni maqul ko'rishgan.
17 kishi esa “Bu jamoani Abramov ham eplay olmasa kerak” degan variantda to'xtalishni lozim topgan. “Lokomotiv” o'z safidagi eng nomdor va tanti futbolchilarni yig'ib oldi. SHu bois jamoani Abramov boshqara oladimi-yo'qmi, vaqt o'tib bilib olamiz. Ammo hozircha so'rovnomada ishtirok etganlardan 17 nafari aynan shunday deb o'ylayapti.
Va nihoyat, “Hakim Fuzaylovga yana imkoniyat berishsa bo'lardi” degan javobni 14 kishi tanlabdi. Balki Hakim Fuzaylov o'z ishini davom ettirganida nimanidir isbotlagan bo'larmidi, bunisi endi faqat faraz xolos. Fakt shuki, Hakim Qayumovich jamoani tark etdi va o'ziga boshqa ish qidiradi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar