So’nggi yangiliklar

07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  0 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16

So'nggi uch yilda Qarshida yutqazmagan "Navbahor" ananani davom ettiradimi? Bugungi uchrashuv uchun prevyu Yangiliklar

So'nggi uch yilda Qarshida yutqazmagan "Navbahor" ananani davom ettiradimi? Bugungi uchrashuv uchun prevyu

Teglar :  NasafNavbahor
Bugun Superliganing 16-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi.

Turning so'nggi uchrashuvi Qarshida  "Nasaf" - "Navbahor" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan bahs oldidan statistika, qiziqarli malumotlar va jamoalarning ayni paytdagi holatiga nazar tashlaymiz. 

Kim qanday holatda etib keldi?

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" bir necha kun oldin OFK kubogi Markaziy Osiyo mintaqasi final bosqichida ishtirok etishdi. Garchi mazkur o'yindan oldin mezbonlarning imkoniyatlari juda ham yuqori baholangan bo'lsada, aslida maydonda bunday bo'lgani yo'q. "Ahal" ikkinchi bo'limda "Nasaf" futbolchilarining astoydil ter to'kishiga majbur qila oldi. "Navbahor" esa so'nggi uchrashuvini O'zbekiston kubogi 1/8 finalida "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazdi. Ushbu bellashuvda namanganliklar yomon o'yin ko'rsatmagan, bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishganiga qaramasdan natija "Bunyodkor" tomonida bo'ldi. Mamlakat kubogiga katta umid bog'lagan jamoaga bu mag'lubiyat qaysidir manoda og'ir ruhiy zarba bo'lgani tayin. Ikki jamoaning Superligadagi holatlari turlicha. "Nasaf" so'nggi turlarda kuchli jamoalar bilan to'qnash kelishiga to'g'ri keldi. Raqiblariga munosib qarshilik ko'rsata olgan qarshiliklar minimal hisoblarda mag'lub bo'lib qimmatli ochkolarni boy berishdi. Demak ularni bugungi uchrashuvda g'alabadan boshqasi qoniqtirmasligi tabiiy. 

13-tur. "Lokomotiv" - "Nasaf" 2:0

14-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0

15-tur. AGMK - "Nasaf" 1:1

O'zbekiston kubogi 1/8. "Nasaf" - "Metallurg" 5:2

OFK kubogi. Markaziy Osiyo mintaqasi finali. "Nasaf" - "Ahal" 3:2

"Navbahor" Superligada so'nggi turlarda qisman natijani qo'lga kiritishni uddalamoqda. Jamoada bir-biriga teskari bo'lgan holat ro'y beryapti. Deylik "Lokomotiv" bilan o'z maydonlarida kechgan o'yinda darvozaga bir bor aniq zarba berishdi va o'sha g'alaba goli bo'ldi. "Bunyodkor", "So'g'diyona" bilan o'yinlarda yaratilgan keskin vaziyatlar, aniq zarbalar darvozaga kirgani yo'q. 

13-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:2

14-tur. "So'g'diyona" -  "Navbahor" 1:0

15-tur. "Navbahor" - "Lokomotiv" 1:0

O'zbekiston kubogi, 1/8 final. "Bunyodkor" - "Navbahor" 1:0

O'zaro o'yinlar 

Jamoalar shu kunga qadar 49 marotaba kuch sinashishgan. "Nasaf" 22 bor g'alabani tantana qilgan, 12ta o'yinda "Navbahor"ning qo'li baland kelgan. 15ta bahsda tomonlar durangga imzo chekishgan. Ikki klubning eng yirik g'alabasi 6:0. "Lochinlar" so'nggi marotaba Andrey Kanchelskis boshqaruvida 2019 yilgi mavsumning birinchi davrasida Qarshida 1:0 hisobidagi yutuq bilan ortiga qaytgan. To'plar nisbati 79-65 "Nasaf2 foydasiga. Aytish mumkinki, Viktor Jalilov shogirdlari 2018 yildan buyon Qarshida ochko ishlashni eplamoqda. Quyida Qarshida kechgan so'nggi uch yildagi o'yin natijalari

25.06.2017. 15-tur. "Nasaf" - "Navbahor" 4:0

08.07.2018. 16-tur. "Nasaf" - "Navbahor" 1:1

12.04.2019. 4-tur. "Nasaf" - "Navbahor" 0:1

14.06.2020. 4-tur. "Nasaf" - "Navbahor" 2:2


Tarkibdagi yo'qotishlar

"Nasaf" va "Navbahor" bugungi bahsga tarkibda malum bir yo'qotishlar bilan kelishdi. "Nasaf"da Abduvohid Nematov "Metallurg" bilan kubok o'yinidagi jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. Mehmonlar safida Azim Ahmedov diskvalifikaciya yani sariq kartochkalari 4taga etgani bois o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek malumotlarga ko'ra "Navbahor" sardori oldingi o'yinlarda ukol bilan harakat qilgani bois ayni paytda jarohatini davolamoqda. Mezbonlardan SHerzod Nasrullaev 5ta o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng katta ehtimol bugun maydonga qaytadi. 

Birinchi davradagi bahs qanday bo'lgandi?

Coca Cola Superliga, 3-tur

NAVBAHOR – NASAF - 0:0
19 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 17 752 tomoshabin.
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynulin, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: SHoxruz Xodjaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe (18.Bahrom Abdurahimov, 66), 19.Mirzohid G'ofurov (28.Nikola Tashich, 46), 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 25.SHohrux Mahmudxojiev, 70.Abbos G'ulomov.

"Nasaf": 1.Umid Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 15.Jo'rabek Mannonov (6.Murod Xo'jamberdiev, 66), 19.Husayin Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Abubakr-Rizo Turdialiev (20.Suhrob Nurulloev, 85), 77.Oybek Bozorov (14.SHokir Yo'ldoshev, 73), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 13.Azamat Soyibov, 25.Muxriddin Zoirov, 50.SHohmalik Komilov.
Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov 27, G'olib G'aybullaev 27, Jo'rabek Mannonov 41.




Nasaf

Superliga. 16-tur

29/08/2021, 19:00

1
:
0
Tugadi

Navbahor

Kosta Guttiner - 83'

45'
90'
67'  Doniyor Narzullayev (Andriya Kaluderovich)
67'  Abubakrrizo Turdaliev (Marko Stanoevich)
72'  Oybek Bozorov
81'  Akmal Mozgovoy
82'  Dilshod Saitov (ZHo'rabek Mannonov)
89'  Akmal Mozgovoy (Sukhrob Nurulloyev)
89'  G'olib G'aybullaev (Bahrom Abdurahimov)
47'  Davron Hoshimov
51'  Sardor Telyakov
65'  Quvondiq Ro'ziev (Kosta Guttiner)
65'  Zabihillo O’rinboyev (Ibrohim G'anixonov)
83'  Kosta Guttiner
83'  Ibrohim G'anixonov
90'  Sardor Telyakov (Ilhom Alizhonov)
90'  Ehsoni Panshanbe (Abbos G'ulomov)

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика