So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  18 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

So'nggi onda o'marilgan transferlar Yangiliklar

So'nggi onda o'marilgan transferlar

Teglar :  Devid BekxemMalkom
Transfer bozori - noodatiy va chalkash narsa.

Bu erda hamma narsa bo'lishi mumkin: kimdir kimnidir ko'proq pul to'lashga majbur qiladi, boshqasi aldab ketadi, uchinchisi esa so'nggi soniyalarda 180 gradusga burilib, umuman o'zga qarorni qabul qiladi.


So'nggi yillarda shunga o'xshash voqea yuz berdi.

Futbolchilar bir klub bilan muzokara o'tkazib, oxirgi onda boshqa klubga o'tib ketishi haqidagi hikoyalar bizni qiziqtiradi.


MALKOM

Transfer oynasi: 2018 yil, yoz

Kutilgan yo'nalish: "Bordo" - "Roma"

Transfer amalga oshgan yo'nalish: "Bordo" - "Barselona"

O'tgan yilning iyul oyida "Roma" "Bordo"ning braziliyalik vingeri Malkomni sotib olish uchun barcha ishni qilgandek ko'ringandi. Italiya va Franciya klublari transfer narxini kelishib olishgan va rimliklar futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tishini kutayotgandi. Ammo so'nggi onda "Barselona" paydo bo'ldi. Kataloniyaliklar "Bordo"ga katta pul vada qilishdi, futbolchini Lionel Messi bilan o'ynash hamda ko'plab sovrinlar yutish vadalari bilan ko'ndirishdi.

Natijada 41 mln. evro evaziga Malkom "Barselona"ga o'tdi, "Roma" esa hech narsasiz qoldi. Avvaliga rimliklar "Bordo"ni sudga bermoqchi edi, ammo kelishuv qog'ozda imzolanmagani uchun, bunday ish tutilmadi.

"Bordo" va agentlar bizdan yana bir taklif kutishayotgani, bunga sabab "Barselona" Malkom bo'yicha muzokaralarga kirishganini aytishganida hayron bo'ldim. Ularga aukcionda ishtirok etmasligimizni, chunki kelishib bo'lganimizni malum qildim. Klublar o'rtasida shartnoma imzolanmagani haqiqat, biroq agentlar o'rtasidagi va "Bordo" prezidenti bilan yozishmalarni taqdim etishimiz mumkin" - degandi o'sha paytda "Roma" sport direktori bo'lib ishlagan Ramon Monchi.


DEVID BEKXEM

Transfer oynasi: 2003 yil, yoz

Kutilgan yo'nalish: "Manchester Yunayted" - "Barselona"

Transfer amalga oshgan yo'nalish: "Manchester Yunayted" - "Real"

2003 yilning iyulida "Manchester Yunayted"ning afsonaviy xavbeki Devid Bekxem klubini o'zgartirishni istadi. Hammasiga klub bosh murabbiyi Aleks Fergyuson bilan munosabatlar yomonlashgani sabab bo'lgan. SHotlandiyalik mutaxassis o'zini qolganlardan ustun qo'yadigan va butun jamoadan mashhurroq bo'lib ketgan futbolchini jamoada ko'rishni istamasdi.

Natijada, "Manchester Yunayted" bosslari transferdan pul ishlashga qaror qilishdi. Buning uchun ular "Barselona" bilan muzokaralarni boshlashdi, kelishuvga erishishdi va... amalga oshishi kutilayotgan transfer haqida elon qilindi! Bu narsa Bekxemning jahlini chiqardi va u OAV orqali "Barselona" prezidentligi uchun saylovda Devidni olib kelishni vada bergan Joan Laportani tanqid qildi. Bundan tashqari, Devid agentlari orqali "Real" bilan bog'lanib, "qizil iblislar" bilan kelishib olishni so'ragan.

"Oilam bilan AQSHda edim. Do'stlarimdan biri qo'ng'iroq qilib, "Yunayted" "Barselona"ga o'tishimni kelishib qo'ygani haqida aytdi. Bu haqda hech narsa bilmas edim. Keyin bu borada suhbatlashib olish uchun Londonga uchdim. Malum bo'lishicha, klublar kelishib bo'lishgan ekan. O'shanda agentimga "Real"ga o'tmoqchiligimni malum qildim. Bir kun ichida Madrid klubi prezidenti bilan kelishuvga erishdik" - deb eslaydi Bekxem.

Natijada "Real" "Manchester Yunayted"ga "Barselona"dan kattaroq pul taklif qildi va transfer umuman boshqa yo'nalish bo'yicha amalga oshdi.


ROY KIN

Transfer oynasi: 1993 yil, yoz

Kutilgan yo'nalish: "Nottingem Forest" - "Blekbern"

Transfer amalga oshgan yo'nalish: "Nottingem Forest" - "Manchester Yunayted"

1993 yilning iyunida 21 yoshli Roy Kin boshqa klubga o'tishni maqsad qildi. "Nottingem Forest" yigitchaning darajasida emasdi. SHu sababli "o'rmonchilar" kelishuvni foydali to'xtatishni ko'rib chiqishdi. Ular Kinni jiddiy jamoaga sotib, bu transferdan yaxshigina pul ishlab olmoqchi edi.

1992/93 mavsum Angliya chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan "Blekbern" taklif bilan chiqdi. Ikki klub transfer bo'yicha kelishib bo'lishgandi, ammo qog'ozbozlikdagi chalkashlik shartnoma imzolanishini kechiktirdi. Haftaning juma kuni edi, shu sababli tomonlar ish dam olish kuniga o'tib ketmasligi uchun uni dushanbaga ko'chirishdi. Bu muddat "Manchester Yunayted" uchun etarli bo'ldi.

"Qizil iblislar" ustozi Aleks Fergyuson yakshanba kuni Kinga qo'ng'iroq qildi va uni MYUga chaqirdi. "Mayxo'rlikdan so'ng yakshanba kuni bir ahvolda uyg'ondim. Ertasi kuni "Blekbern"ga borib, hujjatlarni imzolashim kerak edi. Bundan keyin tatilga chiqishni reja qildim. Tushlikda telefon jiringladi. Aleks Fergyuson ekan. Oilam "Manchester Yunayted" muxlisi edi. "Roy, bu men, Aleks Fergyusonman. Sen shartnomaga qo'l qo'yib bo'ldingmi?" "Yo'q, ammo besh tashlab bo'ldik va ertaga qog'ozlarni imzolashim kerak". "Manchesterga kelib, men bilan suhbatlashishga nima deysan? Roy, "Manchester Yunayted" sen bilan yoki sensiz Angliyaning eng kuchli klubiga aylanadi. Sen bilan Evropada muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin" - dedi u. Bu juda jiddiy sabab edi" - deydi Kin.

Natijada "Blekbern" va Kin hamda "Nottingem Forest" unutildi, irlandiyalik xavbek esa "Old Trafford"ga yo'l oldi va kutilgan muvaffaqiyatlarga erishdi.



RONALDINO

Transfer oynasi: 2003 yil, yoz

Kutilgan yo'nalish: PSJ - "Manchester Yunayted"

Transfer amalga oshgan yo'nalish: PSJ - "Barselona"

Bir necha yil oldin Ronaldino 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin kelgani haqida aytib berdi.

"2003 yil "Manchester Yunayted"ga o'tishimga 48 soat qolgandi. Ammo o'shanda Sandro Rosel qo'ng'iroq qilib, savol berdi: "Agar "Barselona" prezidenti bo'lsam, sen bizda o'ynaysanmi?" MYU bilan mayda detallarni kelishishimiz kerak edi, biroq Rosselga "Barselona"ga o'tishni vada berdim" - degandi Ronaldino.

Natijada Rossel emas, Joan Laporta Kataloniya klubi prezidentiga aylandi, biroq Ronaldino baribir ko'k-anorranglilar futbolchisiga aylandi. PSJ bu transferdan 32 mln. evro ishlab oldi.

Ronaldinoning amalga oshmagan transferi tufayli "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduga ega bo'lgan. Aleks Fergyuson Devid Bekxem transferidan tushgan barcha mablag'ni braziliyalikka yo'naltirgan edi, ammo omadsizlikdan so'ng "qizil iblislar" "Sporting" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishdi. Iqtidorli portugaliyalik MYUga APL, CHempionlar ligasi hamda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonishga yordam berdi. 2009 yilning yozida Ronaldu Bekxem yo'lini tanlab, "Real"ga o'tdi.


EMMANUEL PETI

Transfer oynasi: 1997 yil, yoz

Kutilgan yo'nalish: "Monako" - "Tottenxem"

Transfer amalga oshgan yo'nalish: "Monako" - "Arsenal"

1997 yilning yozida "Monako" yarim himoyachisi Emmanuel Peti Angliya chempionatida o'ynashga qaror qildi. Unda "Tottenxem"dan taklif bor edi, xavbek kerakli barcha narsani olib, Londonga uchib ketdi. Franciyalik Angliya poytaxtida "shporlar" rahbariyati bilan uchrashib, muzokara o'tkazdi va hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar rasmiyatchilikni kelasi kunning tongiga qoldirishdi. SHundan so'ng "shporlar" prezidenti ser Alan SHugar taksi chaqirib, Petini mehmonxonaga eltib qo'yishi uchun pul to'ladi.

"Tottenxem" menga shartnoma taklif qildi va barcha detallarni o'ylab chiqish uchun biz kichik tanaffus haqida kelishib oldik. Keyin nima bo'lishini hech kim kutmagandi. Taksi keldi va u meni Arsen Vengerning uyiga eltib qo'ydi. "Tottenxem" rahbari "Arsenal"ga o'tishim uchun taksi pulini to'lab bergan bo'ldi" - deb eslaydi Peti.

Ayyor franciyalik taksi qanday qilib uni mehmonxonaga emas, Vengerning uyiga olib borganini aytmadi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика