So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  5 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

So'nggi daqiqalarda g'alaba qo'ldan chiqdi: O'zbekiston U-19 - BAA U-19 - 2:2 Yangiliklar

So'nggi daqiqalarda g'alaba qo'ldan chiqdi: O'zbekiston U-19 - BAA U-19 - 2:2

O'zbekiston va BAA yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston U-19 - BAA U-19 - 2:2
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Gollar:
Abdalla G'anim 24, - 0:1. Eldor SHomurodov 43, - 1:1. Zabihillo O'rinboev 52, - 2:1. Al Hashmi, 90+2, - 2:2.
O'zbekiston U-19:
12.Dilshod Hamroev, 3.Ibrohim Abdullaev, 6.Akramjon Komilov, 8.Javohir Sohibov, 9.Eldor SHomurodov (7.Jamshid Boltaboev, 78), 10.Otabek SHukurov, 14.Firdavs Abdusalimov, 17.Dostonbek Hamdamov (22.Javohir Sidiqov, 86), 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Dostonbek Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov

BAA U-19:
1.Muhammad Busanda, 3.Ahmad Rashid, 4.Abdalla G'anim, 5.Ali Salmin, 8.Muhammad Abdulbosit, 9.Xolid Bavazir (6.Abdulrahmon Al Husni, 46), 10.Xalfan Muborak, 11.Ahmad Robia Gelani (7.Ahmad Al Hashmi, 67), 18.Abdulla Al Nubi (13.Muhammad Al Akbari, 73), 19.Said Jassim, 23.Marvan Al Blushi.

Ogohlantirishlar:
Akrom Komilov 32, Abdalla G'anim 60, Asliddin Abdiev 90+5.

"B"guruhi

Jamoa O' YU D M TN O
O'zbekiston 2 1 1 0 5-3 4
Avstraliya 2 1 1 0 2-1 4
BAA 2 0 2 0 3-3 2
Indoneziya 2 0 0 2 1-4 0

1-tur. 10 oktyabr

O'zbekiston – Indoneziya 3:1
Avstraliya – BAA 1:1

2-tur. 12 oktyabr
Indoneziya – Avstraliya 0:1
BAA – O'zbekiston 2:2

3-tur. 14 oktyabr
O'zbekiston – Avstraliya
BAA – Indoneziya




                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                    
YANGILASH

90+6. O'YIN TUGADI! O'zbekiston va BAA durang o'ynashdi - 2:2.

90+4. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Asliddin Abdiev simulyaciya uchun ogohlantirildi

90+2. GOL! Burchak to'pidan so'ng Al AHshmi boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. XAVFLI VAZIYAT! Zabihillo O'rinboev! Darvozabon bilan birga bir vaziyatdan to'pni noaniq tarzda darvozaga yo'lladi

86. O'zgarish. O'zbekiston.
Javohir Sidiqov o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

85.
Xurshid G'iyosov ajoyib harakatlar bilan jarima maydoni ichiga kirib bordi, biroq to'pni raqiblar olib qo'ydi

82.
Ustunlik biz tomonda, arablar hujumga o'tishga qiynalishmoqda

80. Xavfli vaziyat! Ahmad Al Hashmi tomonidan yo'llangan zarba sal qolsa golga aylanishi mumkin edi!

78. O'zgarish. O'zbekiston.
Eldor SHomurodov o'rniga Jamshid Boltaboev tushdi

75. O'zgarish. BAA.
Abdulla Al Nubi o'rniga Muhammad Al Akbari tushdi

74. Xavfli vaziyat! Xurshid G'iyosov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib ikki raqibni aldab o'tdi va zarba berdi, noaniq!

72.
Futbolchilarimiz erkin o'ynashmoqda, arablar esa shoshilishmoqda...

69.
G'iyosovning to'p uzatishidan so'ng SHomurodov darvozaga zarba berdi, o'ta noaniq

67. O'zgarish. BAA.
Ahmad Robia Gelani o'rniga Ahmad Al Hashmi tushdi

66. QANDAY XATO!
Doston Tursunov himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Yaxshiyam Ahmad Robia deyarli bo'sh darvozaga aniq zarba bera olmadi! 

65. XAVFLI VAZIYAT! Ajoyib hujum! SHukurov-O'rinboev-SHomurodov kombinaciyasidan so'ng Eldor zarba berdi, noaniq!

64. ZARBA!
CHap qanotda to'pni egallab olgan SHomurodov jarima maydoniga kirib zarba berdi, biroz noaniq

62. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Komilovning ajoyib pasidan so'ng Hamdamov gol urishi mumkin edi, himoyachilar yaxshi o'ynashdi.

60. Ogohlantirish. BAA.
Abdalla G'anim

57.
Juma G'anim jarima maydonimiz ichiga kirib bordi va yiqilib tushdi, hakam penalti emasligini ko'rsatdi

56. Burchak to'pidan so'ng Akrom Komilov darvozaga zarba berdi, noaniq...

55. Eldor SHomurdov oldinga o'tib jarima maydoni ichiga kirib bordi. Himoyachi unga xalal berdi. Burchak to'pi.

52. O'ng qanotdan Abdusalimovning uzatgan to'pini O'rinboev boshi bilan darvoaga joylab qo'ydi - 2:1.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZABIHILLO O'RINBOEV!!!

49. Arablar jarima to'piga ega bo'lishdi. Ali Salminning zarbasi noaniq chiqdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

46. O'zgarish. BAA. Xolid Bavazir o'rniga Abdulrahmon Al Husni tushdi

45+3. Dastlabki bo'lim tugadi. Hozircha 1:1

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Eldor SHomurodov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1.

43. GOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOV!

41. Eldor SHomurodov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam penalti uchun asosiy yo'q deb hisobladi.

39. Javohir Sohibovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvozabonga nasib etdi

38. Arablar to'pni duch kelgan tomonda tepib yuborishmoqda.

35. Futbolchilarimiz to'pni raqib jarima maydoni yoniga osonlik bilan olib borishmoqda, lekin uyog'iga o'yinimiz o'xshamayapti

32. Ogohlantirish. O'zbekiston. Akromjon Komilov

31. XAVFLI VAZIYAT!!! Ajoyib hujum! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni SHomurodov sherigiga oshirdi. Zabihillo O'rinboev esa to'pni darvozaga yo'llashda kechikdi! 

28. Vakillarimiz hujumkorlikni oshirishdi, lekin yakuniy pallada noaniq to'p uzatishlar ko'p...

26. Xavfli vaziyat!!! O'rinboevning pasidan so'ng SHomurodov raqib jarima maydoniga kirib bordi va to'pni Zabihilloning o'ziga qaytarib berdi. To'p uzatish noaniq!

24. GOL! Jarima to'pidan so'ng Abdalla G'anim boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1. 

23. Arablar ancha faollashib qolishdi va hujumkorlikni oshirishmoqda.

21. Doston Tursunov oldinga o'tib raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi.

19. Har ikkala jamoa maydon markazida texnik xatolarga yo'l qo'yishmoqda...

16. Hujumga yordamga kelgan Ibrohim Abdullaevning zarbasi noaniq ketdi

15. Eldor SHomurodov o'ng qanotda faol o'ynab burchak to'pi ishlab oldi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

13. Yana bir vaziyat! Zabihillo navbatdagi bor qulay imkoniyatga ega bo'ldi, uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

7. O'rinboev o'ng qanotdan sheriklariga to'p uzatdi, noaniq...

5. ZARBAA! Zabihillo O'rinboevning yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi!

3. Otabek SHukurov jarima to'pidan oshirilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq u o'yindan tashqari holatda edi...hakamlar golni inobatga olishmadi

2. To'p asosan markazda saqlanib turibdi. Dostonbek Hamdamov raqib bilan to'qnashib ketdi va jarima to'pi ishlab oldik.

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga!

- Dastlab BAA davlat madhiyasi yangrab o'tdi.

- Bugungi o'yin komissari o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov. Aynan u jamoalarni maydonga boshlab tushdi

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика