So'nggi besh yilda eng ko'p xarajat qilgan klub nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
31 dek 2021, 11:01
"Barselona" Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, o'yinchilar bilan shartnoma imzolash bo'yicha so'nggi besh yilda eng ko'p harajat qilgan klub bo'ldi.

Kataloniya klubi klubi yangi o'yinchilarga 1,12 milliard evro sarflagan. Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti" - 1,07 mlrd. Uchlikni "Yuventus" yakunlab bermoqda - 1,02 mlrd.

Top-5dan "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o'rin oldi. Ular mos ravishda 1,01 mlrd va 924,7 mln evro sarflashgan.

"Barselona" hozirgi paytda moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda. Klub yozda shu sabab Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Transfermarkt