Son Xyon Min harbiy xizmat haqda: “Og'ir uch haftani o'tkazdim”
03 iyu 2020 21:10
Yangiliklar


Son Xyon Min harbiy xizmat haqda: “Og'ir uch haftani o'tkazdim”
Xabaringiz bor, “Tottenxem” forvardi Janubiy Koreyada bir oylik harbiy tayyorgarlikni olib bordi.
U xizmat haqida o'z taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu juda yaxshi tajriba bo'ldi. Barchasi haqida ayta olmayman, lekin menga juda yoqdi. Og'ir uch haftani o'tkazdim. Dastlabki kunlarda hech kim bir-biri tanimas edi, shuning uchun biroz noodatiy boshlandi. Biroq, tez orada tanishib oldik. Butun kunni birga o'tkazishimiz zarur edi. Xonada 10 kishi yashadik, shu bois yaqindan tanishdik. Birga ishlardik, bir-birimizga yordamlashardik. Avvaliga, yigitlar xayajon sabab men bilan gaplasha olmadi, ammo keyin yaxshi kayfiyat va hushchaqchaqlik bilan vaqt o'tkazdik”, deydi Son.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar