Son “Tottenxem”dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021, 20:55
“Shporlar” hujumchisi Son Xyon Min klubda qolishga qaror qildi.

Tomonlar o'tgan yilning dekabridan beri yangi bitim bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va kelishuv deyarli yakunlanish arafasida turibdi.

Koreyalik bilan amaldagi shartnoma 2023 yil yozida o'z yakuniga etadi. U yaxshilangan shartlar asosida jamoa bilan uzoq muddatga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi.

Son 2020/21 yilgi mavsum “Tottenxem” safida 50 o'yinda qatnashib, 22+17 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano