Son Janubiy Koreyadagi eng oliy sport mukofoti bilan taqdirlandi
04 iyu 2022 09:45
Yangiliklar


Son Janubiy Koreyadagi eng oliy sport mukofoti bilan taqdirlandi
“Tottenxem” azosi Son Xyon Min APLda “Oltin butsa”ni qo'lga kiritgan ilk osiyolikka aylandi.
U mazkur ko'rsatkich orqali o'z vatani Janubiy Koreyadagi eng oliy sport mukofotiga sazovor bo'ldi. 29 yoshli futbolchi Braziliyaga qarshi (1:5) o'rtoqlik uchrashuv oldidan J.Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan “Cheongnyong” medali bilan taqdirlandi.
Mazkur nufuzli mukofotning avvalgi g'oliblari qatorida figurali uchish bo'yicha 2 karra olimpiya chempioni Kim En A va golfchi Park Seri nomlari bor.
Eslatib o'tamiz, Son Xyon Min Angliya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida barcha 23 golini (penaltisiz) o'yindan urdi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 33

Fikrlar