Son: “CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz”
12 apr 2021 01:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630509_original.jpg)
![](/upload/storage/630509_220.jpg)
Son: “CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz”
APL 31-turidan o'rin olgan “Tottenxem” – MYU bahsi (1:3)dan keyin “shporlar” vingeri Son Xyon Min o'z fikrlarini bildirdi.
“G'alaba qozona olmasang, u holda doimo tanqid bo'ladi. Yana nima deya olaman? Ha, tanaffusgacha hisobda oldinda borganimizni hisobga olsak, bu juda achinarli natija. Bu xafa qiladi. Xatolarga yo'l qo'ydik, buning uchun esa bizni jazolashdi.
Maydonda g'alaba qozonish uchun chiqamiz. APLda 6 yildan beri o'ynayman va doimo pozitivlikni saqlab turishga urunaman. CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz”, deydi koreyalik futbolchi.
“Tottenxem”ni ayni vaqt turnir jadvalida ECHLga yo'llanma beruvchi kuchli to'rtlikdan 8 ochko ajratib turibdi. CHempionat tugashiga esa atigi 7 tur qoldi va jamoa Evropa Ligasi bilan ham erta xayrlashgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar