Sokratis "Fenerbaxche" bilan kelishib oldi
01 jan 2021 20:11
Yangiliklar


Sokratis "Fenerbaxche" bilan kelishib oldi
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettiradi.
Bu haqda "Takvim" nashri xabar tarqatdi. Takidlanishicha, Sokratis "kanareykalar" bilan kelishib olgan, klub tez orada transferni elon qiladi.
32 yoshli greciyalik futbolchi APLning joriy mavsumida birorta o'yin o'tkazgani yo'q. U "Arsenal"ga qadar "Borussiya D", "Verder", "Milan" va "Jenoa" singari klublarda to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar