Rasman: “Arsenal” greciyalik himoyachi bilan shartnomani bekor qildi
20 jan 2021 19:25
Yangiliklar


Rasman: “Arsenal” greciyalik himoyachi bilan shartnomani bekor qildi
Sokratis Papastatopulos “to'pchilar”ni tark etdi.
Tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qildi va himoyachi erkin agentga aylandi.
Greciyalik 2018 yil yozida “Borussiya D”dan 19 mln evro evaziga “Arsenal”ga transfer qilingandi.
Papastatopulos shu vaqtgacha klub libosida 69 o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq, 32 yoshli o'yinchining xizmatlari "Liverpul"ga taklif qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar