Papastatopulos: "Men Greciyaga faoliyatimni yakunlash uchun kelmadim"
26 jan 2021 15:37
Yangiliklar


Papastatopulos: "Men Greciyaga faoliyatimni yakunlash uchun kelmadim"
"Arsenal" sobiq himoyachisi Sokratis Papastatopulos "Olimpiakos" haqida gapirdi.
"Men faoliyatimni yakunlash uchun Greciyaga kelmadim. Men muhim o'yinchi ekanligimni, xizmatlarim samarasini ko'rsatishni va menda hali ham maqsadlar borligini isbotlash uchun g'alaba qozonishni xohlayman", - deydi Papastatopulos.
32 yoshli himoyachi Greciyani 2008 yilda tark etdi va shundan so'ng "Arsenal"dan tashqari "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya" (Dortmund) jamoalari sharafini himoya qildi.
Papastatopulos Greciya terma jamoasida 90ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar