Sohib Abdullaev: Navbahorga moliyaviy qiyinchiliklar tasir ko'rsatdi
11 jan 2014 13:22
Yangiliklar
Sohib Abdullaev: Navbahorga moliyaviy qiyinchiliklar tasir ko'rsatdi
Navbahorning umidli futbolchilaridan biri Sohib Abdullaev jarohat tufayli malum vaqt davomida o'yin amaliyotisiz qolgandi.
O'tgan mavsumda esa hujumchi sekin-asta avvalgi sport formasini tiklab, maydonga qaytdi. Navbatdagi mavsumda futbolchi o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Futbolchi Navbahorda ishonchli tarzda to'p surib, namanganlik muxlislar hurmatini qozonishni niyat qilgan. Yangi yilning dastlabki kunlarida Abdullaev bilan suhbatlashdik.
- Navbahor jamoasining mavsumga tayyorgarligi xususida to'xtalib o'tsangiz?
- Yangi yilga qadar o'tkazilgan yig'in davomida kuniga bir mahaldan shug'ullandik. 28 dekabrda esa qisqa muddatlik tatilga chiqqandik. 4 yanvardan esa mavsumga hozirlikni davom ettiramiz.
- Tatildan qanday foydalandingiz?
- Barcha futbolchilar kabi tatilni oila azolarim davrasida o'tkazdim.
- Yakunlangan mavsum Sizda nimasi bilan yoda qoladigan bo'ldi?
- Jamoaga 2012 yilgi mavsumda kelib qo'shilgandim. Ammo, Navbahor safida bironta ham o'yin o'tkazmagandim. 2013 yilda esa ko'plab o'yinlarda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldim. Aynan shu narsa yodimda qoladi.
- 2014 yildan nimalar kutyapsiz?
- Asosiy tarkibning ajralmas o'yinchisiga aylanib, muxlislarimizni ko'plab gollar bilan xushnud etish va jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni niyat qilganman.
- CHempionatimiz saviyasi xususida nima deya olasiz?
- CHempion jamoa nomini so'nggi turda aniqlanganini o'ziyoq chempionatimizdagi raqobatni va kuchli ekanligini anglatib turibdi. So'nggi turda uchta jamoada chempion bo'lish imkoniyati bor edi. Bu esa O'zbekiston chempionati saviyasini yuqori ekanligidan dalolat beradi.
- Yakunlangan mavsumda asosan zaxiradan maydonga tushdingiz. Asosiy tarkibdan joy olishga nima to'sqinlik qildi?
- Navbahorda murabbiylar almashinuvi asosiy sabab bo'ldi.
- Zaxira o'yinchisi bo'lish joningizga tekkandir?
- Ha, har bir futbolchini maydonga tushgisi, o'yin amaliyotini oshirgisi keladi.
- Boshqa jamoalardan takliflar kelib tushyaptimi?
- 2-3 ta jamoa meni o'z tarkibida ko'rish istagi bilan chiqdi. Barchasi jamoa rahbariyatiga bog'liq. Agarda ular bilan kelisha olsak, Navbahordan ketmayman. Aks holda faoliyatimni boshqa klubda davom ettiraman. Hozircha esa qaysi jamoalardan taklif tushayotganini aytolmayman.
- Navbahorning chempionatdagi omadsiz ishtirokini qanday izohlaysiz?
- Nazarimda moliyaviy tomondan qiyinchiliklar o'z tasirini o'tkazdi. Lekin, birgina bu bahona bo'lolmaydi. SHuningdek, futboldagi boshqa mayda narsalar ham jamoa o'yiniga salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Klub bazasini yo'qligi ham qaysidir manoda jamoa natijasiga tasir o'tkazdi.
- Nima deb o'ylaysiz, asosiy tarkibda asosan yosh futbolchilarni harakat qilishi klub muvaffaqiyatlariga katta ulush qo'shmoqdami?
- Yoshlarga etibor qaratish muhim o'rin tutadi. Zero ular yil o'tgani sayin asosiy tarkibga o'tishadi. Lekin, birgina o'yinda ularni maydonga tushirib, o'zini yaxshi ko'rsatolmasa ishonch bildirmay qo'yish ham noto'g'ri. Oz-ozdan maydonga tushirib yoshlarni tajribasini oshirib borish lozim.
- Lochinlar navbatdagi chempionatni Lokomotivdek jiddiy raqibga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Ushbu quradan qoniqdingizmi?
- Qaysi raqib tushishidan qatiy nazar baribir chempionat davomida barcha klublar bilan o'yin o'tkazishimizga to'g'ri keladi. O'ylashimcha, birinchi o'yindayoq masuliyatli uchrashuv o'tkazishimiz mavsum davomida o'zimizga foyda keltiradi.
- No'mon Hasanov bilan munosabatingiz qanday?
- Yaxshi. Doim ular bilan gaplashib turamiz. Mashg'ulotda ham boshqa payt ham suhbatda bo'lamiz.
- Murabbiyning qaysi fazilati Sizni hayron qoldirdi?
- No'mon Hasanovni bosiqligi ajablantirdi. Boshqa murabbiylar kabi u baqirib emas, xotirjamlik bilan o'z rejasini tushuntiradi.
- Maydonda kim bilan o'ynaganda, o'zingizni yaxshiroq his qilasiz?
- Akram Baxriddinov bilan til topishishim osonroq kechadi.
- Ro'zim Ahmedov Neftchi tarkibiga o'tdi. Uning o'rnini bilintirmaydigan o'yinchi Navbahorda bormi?
- Har bir o'yinchining o'z o'rni bo'ladi. Lekin, Ahmedovni o'rnini bosish qiyin deb o'ylayman. Balki jamoaga undan ham yaxshiroq hujumchi kelar.
- Milliy terma jamoamiz safida to'p surishga o'zingizni tayyor deb hisoblaysizmi?
- To'g'risini aytsam, hozir o'yin amaliyotim kamligi bois tayyor emasman.
- Sizning eng katta orzuingiz nima? Faqat futbolda.
- Albatta eng avvalo milliy terma jamoamiz safida o'ynash.
- Yil yakuniga ko'ra O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi Vitaliy Denisov bo'ldi. Sizningcha bu nomga boshqa loyiq futbolchi bormidi?
- Denisov adolatli ravishda bu nomga sazovor bo'ldi. To'g'ri, o'tgan mavsumda Denisov kabi ko'p mehnat qilgan futbolchilar ham bo'ldi. Biroq, Moskvaning Lokomotiv klubida o'ynayotgan hamyurtimiz klubda va terma jamoada katta xajmdagi ishlarni bajarib, mehnatiga yarasha sovrin bilan taqdirlandi.
- Qaysi poziciyada o'zingizni erkin his qilasiz?
- Oldinlari murabbiylar xizmatimdan hujum chizig'ida foydalanishardi. Hozir esa yarim himoyada to'p tepib, bu chiziqqa moslashib oldim.
- Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda faolsiz. Muxlislar Sizni qo'llab turishadimi?
- Bo'lmasamchi. Har safar o'yindan oldin jamoamizga omad va g'alaba yor bo'lishini tilab turishadi. Boshqa paytlarda esa hol-ahvol so'rab, qo'llab-quvvatlashdan hech ham charchashmaydi. SHuningdek, bayramlarda ham qutlab turishadi.
- Futbolchi bo'lishingizda kimning o'rni katta bo'lgan?
- Futbolga meni otam boshlab kelganlar. SHu sababdan futbolchi bo'lishimda dadamlarning o'rnilari muhim ahamiyatga ega
- Bu kasbni tanlaganingizdan afsuslangan paytingiz ham bo'lganmi?
- SHu paytgacha afsuslanmaganman. O'ylaymanki bundan keyin ham achinmasam kerak.
Javlon Mahmudov suhbatlashdi.

Fikrlar