“So'g'diyona” yig'inida yangilar bor
19 jan 2016 19:45
Yangiliklar


“So'g'diyona” yig'inida yangilar bor
Bular – Orifxo'ja Abduxoliqov, Alisher To'xtasinov va Abdumalik Abdullaevdir.
“Lokomotiv”dagi taniqli futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqovning ukasi bo'lgan Orifxo'ja ayni damda o'zini jizzaxliklar tarkibida sinab ko'rmoqda. Yodingizda bo'lsa o'tgan yili bu futbolchi “Olmaliq” ko'rigida ham bo'lgandi.
Andijonlik Alisher To'xtasinov esa o'tgan mavsumni birinchi liga ishtirokchisi “UzDongJu” sharafini himoya qildi. So'nggi paytlarda 26 yoshli futbolchi “Andijon”ning yig'inida ishtirok etib kelayotgandi.
Abdumalik Abdullaevni muxlislarg ortiqcha tanishtirib o'tishning xojati yo'q. Mavsum-2015ni “Andijon” tarkibida o'tkazgan hujumchi oxirgi vaqtlarda “Olmaliq” ko'rigida bo'lib qaytdi. Endilikda bu futbolchilar Davron Fayziev boshqaruvidagi “So'g'diyona”dan ko'rikdan o'tmoqda. Malumot uchun har uchchala o'yinchi ham bugun jizzaxliklar tarkibida “Mashal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz ulardan oldinroq darvozabon Temur G'aniev bilan himoyachi Timur Kagirov tarkibga kelib qo'shilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar