So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

"So'g'diyona" yangi stadionda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"So'g'diyona" yangi stadionda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
So'g'diyona (Jizzax) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 2:1
26 iyun 2015. Jizzax. “Jizzax” stadioni. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Gollar: Nodirbek Qo'ziboev 30, - 0:1. Suhrob Qobilov, 32 penalti, - 1:1. Akmal Abdurahmonov 39, - 2:1.
Ogohlantirishlar: Ilya Ilin, 19. Muzaffar Muzaffarov, 36.

“So'g'diyona”: 31. Mixail Spiridonov, 2.Dilmurod Ikromov, 3.Ilhom Komilov, 4.Elyor Oripov, 6.Sobir Hamidov, 7.Sanjar Rashidov, 8.Suhrob Qobilov (24.Asiljon Begimqulov, 86), 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Vusol Magerramov (23.Bobur Qosimov, 69), 21.Akmal Abdurahmonov (9.Anvar Rajabov, 75), 22.Saydullo Rahmatov.

Zaxira: 1.Mixail Naumov, 10.Jasurbek Hakimov, 11.Nodir Ibragimov, 28.Sanjar Rihsiboev.

“Qo'qon-1912”: 12.Aziz Ashurov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 6.Bahodir Akramov (28.Aleksey Nikolaev, 51), 8.Nodirbek Qo'ziboev (17.Aziz To'xtaboev, 88), 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov, 18.Sardor Eminov, 22.Orif Mamadjonov, 24.Ilya Ilin, 29.Igor Golban (23.Furqat Hasanboev, 58).

Zaxira: 1.Ruslan Matniyozov, 15.Maruf Zokirjonov, 19.Vladimir Argun, 20.Xurshid Muxtorov,


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH



Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!


90+3. Uchrashuv yaakunlandi. SHu tariqa jizzaxliklar yangi stadiondagi ilk uchrashuvida g'alaba qozondi.


90+2. Begimqulovning tahminan 35 metrlardan bergan zarbasidan so'ng Ashurov to'pni hotirjam tarzda ushlab oldi. 


90+1. Muxlislar qolgan daqiqalarni katta hayajon ostida o'tkazmoqda.


90. Bosh hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


88. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Nodirbek Qo'ziboev o'rniga Aziz To'xtaboev tushdi.


86. O'zgarish. "So'g'diyona".  Suhrob Qobilov o'rniga Asiljon Begimqulov tushdi.



82. Bobur Qosimov o'ng qanotdan to'pni darvoza tomon yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.



78. Sobir Hamidov yana chap qanotdan qochib ketdi.  Deyarli birga-bir vaziyatda u darvoza tomon zarba yo'lladi. Ashurov to'pni qaytarishga erishdi.



77. Eminov sobiq jamoasi bo'lmish "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda gol urish uchun astoydil xarakat qilmoqda. Ammo uni qo'llab-quvvatlaydigan sherik topilmayapti hozircha. 



76. Muzaffarov markazdan to'pni chap qanotga uzatgan xolda, Rahmatovni oldinga chorladi. Saydullo esa to'pni Rajabovga oshirdi. Anvarning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi. 


75. O'zgarish. "So'g'diyona". Akmal Abdurahmonov o'rniga Anvar Rajabov tushdi.


73. Xavfli vaziyayayayattt! Sardor Eminov chap qanotdan to'pni egallab olib, uni avvaliga Usmonovga oshirdi. Doniyor esa Orifga, Mamadjonov jarima maydoni ichida darhol to'pni Eminovni o'ziga uzatdi. Sardorning yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi. 



71. Yana Akmal Abdurahmonov raqib himoyachilarini sarosimaga soldi. Jarima maydoni ichida to'p bilan xarakatlanayotganida Ilya Ilin unga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Abdurahmonov to'pni Rashidovga uzatdi. Sanjarning zarbasi noaniq!


69. O'zgarish. Vusol Magerramov o'rniga Bobur Qosimov tushdi.


68. Ha, aziz muxlislar bugungi o'yinni ham "So'g'diyona" o'z shifokorisiz o'tkazmoqda. Futbolchilarga tibbiy yordam yana mehmonlardan bo'lmoqda.


Stadionda 3G internet ishlamay qolmoqda. Texnik nosozlik uchun uzur so'raymiz.


63. Eminov o'ng qanotdan qarama-qarshi qanotga to'p oshirdi. Mamadjonovning zarba berishiga raqiblar yo'l qo'ymadi. Darvozabon to'pni ushlab oldi. 


62. Doniyor Usmonov o'yindan tashqari xolatda.


61. Nodirbek Qo'ziboev tahminan 20 mterlardan chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Mixail Spiridonov o'z o'rnida.


60. Bu safar Hasanboy Ergashev jarima maydoni yaqinida to'pni Ashurovga bosh bilan uzayotganida qaltis xarakat qildi. Abdurahmonov sal bo'lmasa to'pga bosh bilan zarba berishi ham mumkin edi. Ashurov bu vaziyatda chaqqon xarakat qildi.


59. Zarbaaaaaa! Magerramoovvv!
"So'g'diyona"ning o'ng qanot himoyachisi oldinga o'tib bordi va to'pni to'g'ri darvoza tomon yo'lladi. To'p esa ustun yonginasidan o'tib ketdi.


58. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Igor Golban o'rniga Furqat Hasanboev tushdi.



54. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Jalil Kimsanov qanot hakamiga etiroz bildirgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.



53. Yana birga-bir vaziyat!  bu safar Suhrob Qobilov raqiblaridan qochib ketti.  Ammo uning tepgan to'pi ustun yonginasidan o'tib ketdi.


52. Xavfli vaziyayayattt!!! Abdurahmonov! Sobir Hamidov uni birga-bir vaziyatga chiqardi. Akmalning zarbasini Ashurov qaytarishga erishdi.


51. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Bahodir Akramov o'rniga Aleksey Nikolaev tushdi.


49. Darvoqe, media-tribunadan Siz azizlarga xabar berib turishimiz uchun qulay sharoit yaratib bergan "So'g'diyona" matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.


48. Eminov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni havolatib qarama-qarshi qanotga uzatdi. Ammo hech kim yo'q.


47. Sobir Hamidov chap qanotdan to'pni mehmonlar jarima maydoni ichiga oshirdi. Ilin to'pni qaytarib, xavfni biroz yumshatdi. 


46. Ikkinchi taymga start berildi.


Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida.


Jizzax axliga bayram bo'lmoqda.


15 daqiqalik tanaffusda ham koncert bo'lmoqda. shunga bo'lsa kerak, tahminlar o'zini oqlamadi. Yani, odamlar uyga qaytmayapti. 


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!


45. Bosh hakam birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


41. Ochig'ini aytganda, maydon egalarining qarshi hujumlari xavfli tus olmoqda.




40. Abdurahmonov yana birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni so'nggi pallalarda Ilin qaytarib yubordi.


21-raqam sohibi  chap qanotdan raqiblarini ortda qoldirgan xolda, birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni Ashurov qo'riqlayotgan darvozaga aniq kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

38. GOL!!! Akmal Abdurahmonov!!!


36. Ogohlantirish! "So'g'diyona"! Muzaffar Muzaffarov.


35. Xavfli vaziyayayattt! Akmal Abdurahmonov mehmonlar jarima maydoni ichida to'pni chaproq tomonga oshirdi. Biroq Hamidov to'pga etib kela olmadi. 



33. Ashurov to'p yo'lini topgandi. Ammo unga birozgina eta olmadi.

32. Suhrob Qobilov 11 mterlik jarima to'pini darvozaga aniq yo'llab hisobni tenglashtirdi.


31. Ana xoloooooss! PENALTIIII!!! "Qo'qon-1912" darvozasi tomon! Qarshi hujumda jizzaxliklar to'pni raqib jarima maydoni ichiga oshirayotganida yon chiziq hakami to'p himoyachining qo'liga tegdi deya bayroqchasini ko'rsatdi. 

Uchrashuvda hisob ochildi. Qo'ziboev raqib jarima maydoni ichida raqiblarini ustalik bilan aldab o'tib, Spiridonovni oyoqlari orasidan to'pni darvoza to'riga aniq yo'llay oldi.

30. GOOOOOLLLLL!!! Nodirbek Qo'ziboeeeeevvv!!! 

28. ZARBAAAAA!!! Hamidov markazda to'pni oldinga qarab borayotgan Rashidovga uzatdi. Sanjarning tahminan 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Ashurov to'pni mushti bilan urib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


26. Bahodir Akramov jaroxat oldi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatmoqda.


24.  Stadion xodimlari 2000 lyukslik "projektor"larni yoqsa ham bo'ladi. Qorong'u tushmoqda))


23. Jizzaxda ob-havo juda yaxshi. Ayni futbol o'ynaydigan havo bo'lmoqda.


22. Mezbonlar navbatdagi hujumni tashkil etdi. "Qo'qon-1912" posboni o'z postini tashlab chiqdi va to'pni uzoqlashtirdi.


21. Muzaffarov tahminan 35 metrlardan belgilingan jarima to'pini to'g'ri darvoza tomon yo'lladi. Aziz Ashurov biroz kuchsiz chiqqan zarbadan so'ng to'pni hotirjam tarzda ushlab oldi.



20. Xavfli vaziyayatt! Qo'ziboev chap qanotdan jarima maydoni ichida qarama-qarshi qanotga to'pni havolatib oshirdi. Eminovning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.


19. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Ilya Ilin!
 

18. Magerramov o'ng qanotdan katta tezlikda hujumga o'tdi. Ortidan taqib qilayotgan Jalil Kimsanov "podkat" tashlab, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


17. Bugun uchrashuvda ham "So'g'diyona" tarkibidagi qo'qonlik Sobir Hamidov ancha faol xarakat qilmoqda.


16. Suhrob Qobilov markazda to'pni egallab olib, uni jarima maydoni ichiga oshirdi. Golban esa to'pni qaytargan xolda xavfni bartaraf etdi.


15. Har ikki jamoa bosh murabbiylari: Davron Fayziev va Rustam Abdullaev maydon chetida turib shogirdlariga jiddiy ko'rsatma bermoqda.


14. Muzaffar Muzaffarov o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibidan to'pni olib qo'yib, katta tezlik bilan o'zi oldinga o'tayotganida Kimsanov to'pni undan olib qo'ydi. 


13. Doniyor Usmonov ketma-ket ikki marotaba raqibiga to'pni oldirib qo'ydi. 

12. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni jarima maydoni ichida Sobir Hamidov bosh bilan darvozaga yo'lladi. Ashurov o'z o'rnida.   


11. ZARBAAAA! Saydullo Rahmatovning yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Ashurov to'pni qaytarishga erishdi.


9. Sardor Eminov belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi. Uning havolatib uzatgan to'pi Golbanga borib tushdi. Ammo Igor bu vaziyatda to'pni bosh bilan urgan bo'lsada, darvozani nishonga olishi murakkab edi.



8. Quvondiq Ro'ziev o'ng qanotda to'pni Usmonovga oshirgan xolda yangi hujum tashkil etdi. Keyin esa Ro'zievni o'zi to'pni qabul qilib oldi. Quvondiq qarshisidagi raqibini aldab o'tayotganida jarima zarbasi ishlab oldi. To'p himoyachining qo'liga tegdi. 


7. Endi jizzaxliklar qarshi hujumga o'tdi. Saydullo Rahmatovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.


6. Burchakdan Mamadjonov to'pni jarima maydoni ichiga xavolatib etkazib berdi. Ilinning bosh bilan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq!



5. Mezbonlar jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Doniyor Usmonov burchak to'pi ishladi.

 

4. Sardor Eminov chap qanotdan katta tezldik oldinga o'tdi va raqiblarini ortda qoldirib, to'g'ri darvoza tomon zarba berdi. Spiridonov o'z o'rnida.   

3. Ilya Ilin o'ng qanotdan raqibi oldinga o'tayotganda qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam uni hozircha og'zaki ravishda ogohlantirdi.

2. Akmal Abdurahmonov chap qanotda jarima maydoni ichida oldinga o'tayotganida Igor Golban to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 



1. Maydon egalari to'pni o'yinga kiritgan xolda, uchrashuvni boshlab berishdi.


Diqqat qiling! Uchrashuv boshlanish arafasida!


Stadion tribunasi to'lib toshgan. Bo'sh o'rindiqning o'zi yo'q. 



Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida har ikki jamoa sardorlari Suhrob Qobilov va Aziz Ashurov O'zbekiston respublikasining davlat bayrog'ini yuqoriga ko'tarmoqda.  


 Jizzax viloyat hokimi S.U.Ismoilov MOQ va O'FF prezidenti Mirbaror Usmonovga ham ushbu stadionni qurilishida sezililarli xissa qo'shgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

O'yin oldidan viloyat hokimi so'zga chiqib, yangi qurib bitkazilgan stadion haqida iliq fikrlarini bildirib, bularning bari Yurtboshimizning millionlar o'yiniga berayotgan etibori tufayli bo'layotgani sababli ekanini bildirmoqda.




Stadionni ochilish marosimiga Jizzax viloyati hokimi Ismoilov Sayfiddin Umarovich ham tashrif buyurgan.  


Ayni damda mahalliy sanatkorlar stadion tribunasini to'ldirib o'tirgan ishqibozlar uchun o'zining diltorlar musiqalari bilan xushkayfiyat ulashmoqda.


O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va PFL direktori Farhod Magometov ham Jizzaxga tashrif buyurgan. 


SHu bois bugun stadionda bir qator martabali kishilar tashrif buyurgan. 


Avval xabar berganimizdek, bugun "So'g'diyona" nihoyat Jizzax shahridagi yangi qurib bitkazilgan stadionda ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi.



Bugun oliy liganing 14-turidan o'rin olgan mazkur "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga bo'lgan qiziqish yuqori.


Xizmatingizda yaqin ikki soat davomida kamina Islombek Rustambekov bo'ladi. 

Assalomu alaykum xurmatli futbol shinavandalari! 


Diqqat qiling! Jizzax shahridagi "So'g'diyona" sport majmuasi stadionidan xabar beramiz!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика