So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“So'g'diyona-W” o'z tarixida ilk bor xalqaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi Yangiliklar

“So'g'diyona-W” o'z tarixida ilk bor xalqaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi

Teglar :  So'g'diyona-W
Tajribali murabbiy SHerali Babakulov boshchiligida mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan “So'g'diyona – W” jamoasi chempionat starti oldidan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Qozog'istonning nomdor jamoalaridan biri hisoblangan “Oqjetpes” ayollar  futbol klubiga qarshi maydonga tushdi. Evropa futboli havosini olgan tajribali raqib bilan tengma-teng kurash olib borgan jamoa o'yini yomon tasurot qoldirmadi. Urashuvning 3 daqiqasidayoq o'z darvozasidan goni o'tkazganiga qaramay, qizlar raqibga tashabbusni bermaslikka intilishdi. Birinchi bo'lim davomida asosan raqib xujumlarini bartaraf etish  va to'p nazoratini o'zida saqlashga intilgan SHerali Babakulov shogirdlari ikkinchi bo'limda o'zgacha o'yin ko'rsatishdi.


Qanotlar va markazdan xujumlar tashkil etildi. Bir necha marotaba jarima zarbalari orqali raqib  darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ammo tajriba o'z yana o'z so'zini aytdi. Qozog'istonliklar 68 daqiqada ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo'lishdi. Bu o'yinda so'nggi gol bo'ldi. Asosan 19-23 yoshgacha bo'lgan mahalliy futbolchilardan iborat “So'g'diyona-W” kuchli legionerlarni tarkibda jamlagan raqibga qarshi mardonavor o'yin ko'rsatdi. O'yinda mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, shogirlaridan ko'ngli to'lgan“So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov qo'yidagi fikrlarini bildirib o'tdi:


-Bu o'yin biz uchun juda muhim edi. “So'g'diyona-W” Superligada debyutant jamoa hisoblanadi. SHu boisdan shogirdlarimda nafaqat jismoniy balki ruxiy tomonlama ham etuk  bo'lishini xoxlayman. Bo' o'yin esa aynan shu jihatni sinovdan o'tkazish uchun kerak edi. Jamoa tarkibi yoshlardan iborat va ular g'alabaga chanqoq. Biz mag'lubiyatdan hafa emasmiz. Muhimi tajriba to'plash va kamchiliklarni ustida ish olib borish. Ishonchim komil, 1 aprelda boshlanadigan Superliganing ilk turida “AGMK” ga qarshi o'tadigan bahsga tayyor holatda bo'lamiz.

-O'yin juda og'ir o'tdi. “So'g'diyona-W” jamoasi bizga qarshi har bir jabhada kurash olib bordi.Raqib futbolchilari menda yaxshi tasurot qodirdi. Ochig'i O'zbekistonda 14 ta jamoadan iborat ayollar o'rtasidagi chempionat tashkil etilganidan xursandman. Bu ayollar futbolini rivojlantirish uchun juda yaxshi harakat. “So'g'diyona-W” jamoasiga boshlanayotgan mavsumda omad tilayman. Ishonamanki,hali ular o'z so'zini aytadi-deydi “Oqjetpes” jamoasi va Qog'iston U-19 terma jamoasi murabbiyi Pyotr Pak


«So'g'diyona-W» (O'zbekiston) - «Oqjetpes» (Qozog'iston) 0:2

Hakamlar:
Muzaffar Fayzullaev,Kattabek Abdurahimov,Feruzbek G'aniev
Gollar: Olga Osipyan 3, Zarina SHmit 68
Ogohlantirishlar: SHaxlo Qodirova 19

«So'g'diyona-W»: 12. SHaxlo Rajabova,19. Muxlisa Mardieva,20. Zebiniso Xalimova, 21 SHaxlo Qodirova, 4.Nasiba Xojieva, 99. SHaxzoda Fayzullaeva, 7. Maxfuza Turopova(s), 15. Dilafruz Toshpo'latova, 5. Maxliyo Nazarbekova ,10. Nodira Turanova, 8. Lutfiniso Xalimova.
Zahira: 1. Yuliya Lomokova, 77. Albina Babakulova, 18. Parizod Eshkulova, 9. Sitora Takaboeva, 17. Nodira Iskandarova, 2. Nafisa Nabikulova,27. Dinara Payzikulova.

«Oqjetpes»: 1.Aytadj SHarifova 2. SHaxista Xodjieva 11. Armine Xachatryan 12. Alyona Oskova 13. Violetta Micul  21.Aygerim Alimkulova 3.Janerke Perme 7. Natalya Radzievskaya 8. Ayraylim Mutalieva 10.Olga Osipyan 18. Kristina Bakaraize
Zahira: 18.Zarina SHmit  20.Djamilya Kayrbekova 9.Bibigul Narusheva 17. Valentina Penkova


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика