"So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev nomzodini ko'rib chiqmoqda
14 apr 2019 14:26
Yangiliklar


"So'g'diyona" Ulug'bek Baqoev nomzodini ko'rib chiqmoqda
Xabaringiz bor, kecha "Dinamo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan istefoga chiqdi.
Jizzaxliklar klubi rahbariyati ayni paytda bosh murabbiylik lavozimi uchun bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, klub bu borada Ulug'bek Baqoev nomzodiga jiddiy qiziqish bildirgan. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Agar barchasi reja asosida kechadigan bo'lsa katta ehtimol bilan Baqoev "So'g'diyona" bosh murabbiyiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Baqoev o'tgan mavsumda "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida ishlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar