So’nggi yangiliklar

20:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  1 20:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  7 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  0 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  1 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  13 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0

"So'g'diyona" stadioni uchrashuvlarni qabul qilishga shay holatda Yangiliklar

"So'g'diyona" stadioni uchrashuvlarni qabul qilishga shay holatda

13 aprel kuni "So'g'diyona" Coca Cola Superligasining 10-turidan joy olgan "Turon"ga qarshi bellashuvni o'z arenasida o'tkazishi haqida xabar berilgandi.

Kecha Liga Jizzaxdagi stadion holatini o'rgandi. 

Liga va klub o'rtasidagi kelishuv asosida "So'g'diyona"ning OFK Kubogi yarim finali doirasidagi o'yinidan so'ng yangi maydon uchun harakat boshlandi. Ayni vaqtda maydon yaxshi holatda. Drenaj va sug'orish tizimi yangilangan. Tez orada klub sug'orish tizimini kompyuterlashtirish jarayonini boshlaydi. Bu esa chimni talab etilgan darajada parvarishlash inson omili emas, balki aniq raqamlashtirilgan mexanizm orqali boshqarilishini taminlaydi. 

SHuningdek, mazkur chimni yaxshi holatda saqlab turish uchun texnika talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-115-sonli qarori bu kabi texnikalarni xarid qilish uchun qulayliklarni nazarda tutadi. SHundan kelib chiqib, "So'g'diyona" futbol klubi Liga tavsiyasi asosida tez orada yangi texnika xarid qiladi. 

Qayd etish kerak, 2022 yilda "So'g'diyona" klub bazasini ishga tushirgandi. 2024 yilda mazkur baza qoshidagi futbol maydoni ham Liga talab qilayotgan ko'rinishga keltiriladi. SHuningdek, kelasi yilda klub akademiyasini rasman foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

13 maydan etiboran O'zbekistonda maysasi talabga javob beradigan stadionlar soni 11 taga etadi: "Paxtakor", "Jar", "Bunyodkor", "Lokomotiv" (barchasi Toshkent), "Markaziy" (Namangan), "O'zbekiston" (Yaypan), "Istiqlol" (Farg'ona), "Markaziy" (Qarshi), "Buxoro" sport majmuasi (Buxoro), "Markaziy" (G'uzor), "So'g'diyona" (Jizzax). Yil yakuniga qadar bunday maydonlar soni 14 tani tashkil qilishi rejalashtirilgan: OKMK (Olmaliq), "Bobur Arena" (Andijon), "Surxon Arena" (Termiz). 

Malumot uchun, Liga sentyabr oyidan boshlab Bekobodda futbol uchrashuvlarini o'tkazmaslik bo'yicha "Metallurg" futbol klubi bilan kelishuvga erishgan. SHuningdek, "Qizilqum" va "Dinamo" futbol klublari bunday chim bilan 2024 yilgi mavsumni Superligada o'tkazishi imkonsiz ekanligi yuzasidan ogohlantirilgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика