"So'g'diyona": "SHo'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
14 may 2017 21:02
Yangiliklar
"So'g'diyona": "SHo'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
Oliy liganing 10-turida "So'g'diyona" "Metallurg"ga qarshi bahsda 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Kuni kecha jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va 11-turdagi raqibi “SHo'rtan”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Mashg'ulotlar ikki mahal olib borilmoqda. 3ta o'yinga chetlatilgan Sardor Qulmatov “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Elyor Orifov ham jamoaga yordam bera oladi. Jarohat olgan futbolchilar ham mashg'ulotlarga qatnashmoqdalar. Alisher Maxmudov va Suxrob Qobilov davolanishda davom etmoqda, shu sababli ular mashg'ulotlarga qatnashmayaptilar. Izzatilla Abdullaev esa engil mashg'ulotlarni bajarmoqda.
Eslatib o'tamiz, “SHo'rtan”ga qarshi bahs 18 may kuni “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona” matbuoti xizmati
Fikrlar