"So'g'diyona" rahbariyatida o'zgarish
07 jan 2014 19:12
Yangiliklar

"So'g'diyona" rahbariyatida o'zgarish
Jamoada yangi yilning ilk kunlaridanoq o'zgarishlar boshlandi.
Bir necha yillardan beri "So'g'diyona" PFK jamoasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Dilshod Rajabov shu yilning 3 yanvar kuni istefoga chiqarildi. Uning o'rniga esa 1996-2002 yillarda "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi, futbolni esa jarohati tufayli tark etgan Jamshid Odilov tayinlandi.
Jamshid Odilov bilan qisqa fursatli suhbatimizda, u kishi klubda barcha yo'nalishlardagi ishlarni rivojlantirish rejalarini amalga oshirishga harakat qilishini, Jizzax futbolini yanada shuhrat qozonib, o'z obro'sini tiklab olishiga imkon qadar harakat qilishini takidlab o'tdi.

Fikrlar