So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  14 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  17 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  1 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

"So'g'diyona" o'z bazasini foydalanishga topshirdi Yangiliklar

"So'g'diyona" o'z bazasini foydalanishga topshirdi

Teglar :  So'g'diyona
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi barcha sharoitlarga ega o'zining bazasiga ega bo'ldi.

Bu borada O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev o'zining shaxsiy telegram kanalida quyidagicha fikr bildirdi. 

"So'g'diyona klubi va nihoyat o'z bazasiga ega bo'ldi. Bazada jamoa istiqomat qilishi uchun barcha sharoit bor: basseyn, sauna, trenajer zali, oshxona, mitinglar xonasi, U-21 va ayollar jamoalari rasmiy o'yin o'tkazishi, asosiy tarkib esa mashg'ulot olib borishi uchun stadion va hokazo. SHanba kuni klub bazaning rasmiy ochilish marosimini o'tkazdi. 

Bunga qadar klub yig'inlar davomida asosan otellardan foydalanib kelgan. Endilikda o'z bazasiga ega futbol klubi sifatida So'g'diyona yiliga 1-1,5 milliard so'mni iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bilasizki, o'z stadioni, bazasi, akademiyasiga ega bo'lmagan jamoani biz tom manoda normal klub deya olmaymiz. Jizzaxda ayni vaqtda So'g'diyona uchun stadion mavjud  va uning yoritish tizimi talabga javob beradi. Endilikda klub uchun baza masalasi hal etildi. Navbat futbol akademiyasiga.   

Jizzax yaqin ikki yilda 2 ta yaxshi futbol akademiyasiga ega bo'ladi. So'g'diyona klubi o'z akademiyasi uchun er masalasini to'liq hal qilib, uning qurilishi uchun smetani moliyadan tasdiqlatib ulgurgan va qurilish boshlangan. SHuningdek, viloyatdagi futbol mahorat maktabi So'g'diyona akademiyasiga raqobatchi sifatida yangidan quriladi. 

Demak, 2023 yilgi mavsum oldidan So'g'diyona ham Nasaf va Bunyodkor kabi loyihaga aylanib ulguradi. Umuman olganda viloyat futboli so'nggi 3 yilda sezilarli o'sishga erishayotganini natijalar ham ko'rsatishi mumkin. Asosiy jamoa ikki mavsumdan beri sovrinli o'rinlar va xalqaro maydon uchun harakat qiladi, ayni vaqtda Superligada Paxtakordan keyin 2-o'rinni egallab turibdi. Ayollar jamoasi bosqichma-bosqich o'sdi va hozirda chempionatda 5 ochkolik farqi bilan peshqadam. Futzal jamoasi esa o'tgan mavsumni Paxtakor va AGMKdan keyin kuchli uchlikda yakunladi. Bu mavsum oldidan chempionlik uchun asosiy davogarlar — jamoa tarkibi ancha kuchaytirilyapti. 


So'nggi yillardagi bu o'zgarishlarda biz klub prezidenti O'ktam Mahmudjonov hamda viloyat hokimi Ergash Soliev xizmatini ko'ramiz. Ahamiyatlisi, bu erda viloyat hokimi futzal jamoasi tarkibida O'zPFL ro'yxatidan o'tadi va o'yinlarda ishtirok etadi. Natija vaqti bilan keladi. Muhimi klub o'z poydevoriga ega bo'lishi. Bugunga kelib Jizzax bu borada sezilarli qadamlar tashlab ulgurdi",- deydi Diyor Imomxo'jaev.




Foto: "So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика