So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"So'g'diyona", "Navbahor" va "Paxtakor" "Nasaf" etakchisini sotib olmoqchi Yangiliklar

"So'g'diyona", "Navbahor" va "Paxtakor" "Nasaf" etakchisini sotib olmoqchi

Qarshining "Nasaf" jamoasi legioneri Dragan CHeranga Superliganing uch klubi xaridor bo'lmoqchi.

Bu haqda saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov malum qildi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi "Nasaf" hujumchisi Dragan CHeranning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Aftidan "So'g'diyona" jamoasi davralar oralig'ida o'z tarkibini keskin kuchaytirishni rejalashtirgan ko'rinadi. "So'g'diyona" klubi transfer oynasi ochilganidan so'ng CHeranning transferini "Nasaf"dan sotib olishi mumkin. SHuningdek, jizzaxliklar "Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'anievni ham sotib olishni xohlashmoqda.

Ayni paytda "Nasaf"da moliyaviy muammolar paydo bo'lgan. Bu esa Superliga klublarining "Nasaf" futbolchilariga bo'lgan ishtahasini ochib yuborgan. "Nasaf" agarda vaziyat o'nglanmasa, unda davralar oralig'ida futbolchilarining transferi orqali pul ishlab olishi mumkin.

Dragan CHeranning xizmatlariga "So'g'diyona"dan tashqari  "Navbahor" hamda "Paxtakor" klublari ham qiziqish bildirishmoqda. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "Navbahor" va "Paxtakor" ham CHeranning transfer huquqini davralar oralig'ida sotib olishni rejalashtirishgan.

"Paxtakor" klubi CHerandan tashqari Aziz G'aniev, Odil Hamrobekov hamda Bobir Abdixoliqovga ham befarq emas. Ushbu jamoaning transfer short-listida aynan shu uchala futbolchilarning nomi o'rin olgan.

Malumot uchun, Superliga transfer oynasi 15-turdan keyin rasman ochiladi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика