So'g'diyona ham Kamoliddin Kenjaevga atalgan akciyada ishtirok etadi
19 noy 2014 19:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152117_original.jpg)
![](/upload/storage/152117_220.jpg)
So'g'diyona ham Kamoliddin Kenjaevga atalgan akciyada ishtirok etadi
O'zbekiston futbolchilari tomonidan tashkillashtirilgan "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz" xayriya akciyasi davom etmoqda.
So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev futbolchilik davrida Kamoliddin Kenjaev bilan birga Nasaf jamoasida to'p tepgan. Bugun Davron aka bilan bo'lgan suhbat davomida, u kishi 22 noyabr kuni Qarshida va 29 noyabrda Toshkentda K.Kenjaevga atalgan tadbirlarida albatta jamoa nomidan qatnashishini takidlab o'tdi. SHuningdek jamoa boshlig'i Jamshid Odilov ham ushbu tadbirlarda ishtirok etishini bildirdi.
So'g'diyona jamoasi barcha azolari Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlashlarnii bildirmoqda. Ushbu akciyada ishtirok etish har kim uchun insoniylik jihatdan olib qaralganda ajoyib ishlardan biridir.
So'g'diyona jamoasi barcha azolari Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlashlarnii bildirmoqda. Ushbu akciyada ishtirok etish har kim uchun insoniylik jihatdan olib qaralganda ajoyib ishlardan biridir.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar