“So'g'diyona” futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi
05 jan 2019 16:48
Yangiliklar
“So'g'diyona” futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan "So'g'diyona" bugun 5 yanvar kuni O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi qoshidagi tibbiyot markazida shifokorlar ko'rigidan o'tishdi.
Futbolchilar ertaga o'z qarorgohlariga qaytishadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ayni paytda o'tgan mavsumni ijara asosida "So'g'diyona"da o'tkazgan "Bunyodkor" futbolchilari Sardor Azimov, SHoxruz Norxonov, Nurillo To'xtasinov "Bunyodkor" safiga qaytgan.
“So'g'diyona” 12 yanvarga qadar o'z maydonlarida mashg'ulotlarni davom ettirishadi. SHundan so'ng yig'in Toshkentda davom ettiriladi va bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan.
Sparring raqiblar va mashg'ulotlarda ishtirok etadigan futbolchilar haqida esa keyinroq batafsil malumot berib boriladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar