So'g'diyona-Andijon uchrashuvi Zominda o'tkaziladi
04 iyu 2015 11:15
Yangiliklar


So'g'diyona-Andijon uchrashuvi Zominda o'tkaziladi
2015 yil 6 iyun kungi So'g'diyona-Andijon jamoalari o'rtasidagi 12-tur uchrashuvi rasman Zomin markaziy stadionida bo'lib o'tishi tasdiqlandi.
O'yin 17:30 da boshlanadi. Ushbu jamoalar yoshlari o'rtasidagi uchrashuvga esa 5 iyun kuni G'allaorol stadionida 17:00 da start beriladi.
Ko'pchilikning etirozlariga sabab bo'lgan Zomindagi stadionnning ayni paytdagi maydon holati ancha yaxshi holatda ekanligini takidlash zarur.
Futbolga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni 6 iyun kuni Zomin stadionida o'z sevimli jamoalarini jonli qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz!

Fikrlar