So’nggi yangiliklar

00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:10Клублар ўртасидиг ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси". Таркиблар аниқ!  4 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  2 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  2 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1

"So'g'diyona" - AGMK: prevyu Yangiliklar

"So'g'diyona" - AGMK: prevyu

Teglar :  So'g'diyonaAGMK
Superliganing 13-turi doirasidagi "So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi oldidan mazkur o'yin haqida tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar tarixi haqida

— Mazkur jamoalar to'qnashuvlari tarixiga etibor qaratsak, bo'lajak o'yin "So'g'diyona" va AGMK o'rtasidagi 25-uchrashuvga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko'rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O'tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g'alaba qozongan bo'lsa, "So'g'diyona" hisobida 9 g'alaba mavjud. Qolgan 7 o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati ko'rsatkichi esa AGMK foydasida: 37-33.

Raqib haqida


— "So'g'diyona" ayni paytda 12 o'yindan 23 ochko to'plagan holda jadvalda 3-o'rinni egallab turibdi. Ulug'bek Baqoev jamoasi joriy mavsum faqatgina "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi. "So'g'diyona" Jizzaxda joriy yil mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Jamoa o'tkazilgan 5 uchrashuvda 3 g'alaba va 2 durang qayd etgan.

AGMKning turnir jadvalidagi holati haqida

— AGMK birinchi davrani barqaror o'tkazmoqda. Jizzaxdagi o'yin davra doirasidagi oxirgi o'yin bo'ladi. Ayni paytda jamoa hisobida 25 ochko mavjud va musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Tayyorgarlik haqida


— AGMK yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mavsumning ikkinchi qismiga CHimyon tog'-yon bag'ridagi "Archazor" kompleksida tayyorgarlikning dastlabki bosqichini o'tkazdi. Keyinchalik jamoa Olmaliqda to'planib, ikkinchi davra o'yinlari va xususan "So'g'diyona" bilan o'yinga taraddud ko'rdi. Yig'in doirasida jamoa "Andijon"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazib, unda g'alaba qozondi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa Jizzaxdagi bo'lajak o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Xushtak egasi

— Bo'lajak bahsni boshqarish tajribali referi Ilgiz Tantashev gardaniga tushdi. Mazkur tayinlov Ilgiz Tantashev uchun AGMK ishtirokidagi 24-bahsga aylanadi. Ilgiz Tantashev boshqargan o'yinlarda AGMK: 10 g'alaba, 8 durang va 5 mag'lubiyat qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Superliganing 13-turi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin 31 iyul kuni Jizzax shahridagi "Markaziy" stadionda soat 20:00da boshlanadi. O'yin karantin talablariga muvofiq muxlislarsiz o'tkaziladi.


Superliga, 13-tur.
31 iyul, shanba.
"So'g'diyona" — AGMK
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHohruh Said



So'g'diyona

Superliga. 13-tur

31/07/2021, 20:00

0
:
0
Tugadi

OKMK

45'
90'
45'  Elyor Orifov
46'  Elyor Orifov (Ergash Ismoilov)
70'  ZHavohir Qahramonov (Sahob Rashidov)
75'  Iskandar SHaykulov
84'  Iskandar SHaykulov (Darko Stanoevich)
86'  Jasur Hasanov O (Daniel Nasriddinov)
69'  Sanzhar SHoahmedov (Mirjamol Qosimov)
69'  Husniddin G’ofurov (Yovan ZHokich)
82'  Aleksandr Kasyan (Zafar Polvonov)
82'  Dilshod Jo’rayev (Martin Boake)
90'  Sanjar Tursunov (Nodir Abdurazzoqov)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика