"So'g'diyona" 3-turni yana safarda o'ynashi mumkin
24 mar 2015 14:38
Yangiliklar

"So'g'diyona" 3-turni yana safarda o'ynashi mumkin
Jizzaxlik muxbirimizning malum qilishicha, "So'g'diyona" oliy liga 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi bahsni Toshkentda o'tkazishi mumkin.
Bunga sabab sifatida Jizzaxdagi yangi stadionning mavsumga haliyam tayyor emasligi aytilmoqda.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, unda "So'g'diyona" ketma-ket uchinchi uchrashuvni ham safarda o'tkazadi. Bungacha Davron Fayziev shogirdlari "Qizilqum" va "SHo'rtan" bilan bellashib, ikkala o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. "Lokomotiv" bilan bo'ladigan o'yin poytaxtga ko'chiriladimi-yo'qmi, bu hozircha malum emas. Oliy liga taqvimiga ko'ra, bu o'yin 3 aprel kuni "So'g'diyona" maydonida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

Fikrlar