“Sochi” “Rostov” bilan o'yin qoldirilishiga qarshi va texnik mag'lubiyat talab qilyapti. Valeriy Karpin bilan katta intervyu
19 iyu 2020 08:51
Yangiliklar
“Sochi” “Rostov” bilan o'yin qoldirilishiga qarshi va texnik mag'lubiyat talab qilyapti. Valeriy Karpin bilan katta intervyu
Eslatib o'tamiz, rostovliklar 15 iyun kuni jamoaning 6 nafar azosida koronavirus ijobiy natija bergani haqida RFU va RPL rahbariyatiga xabar qilgandi. RPL prezidenti Sergey Pryadkinning kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida aytishicha, bu vaziyatda reglament ko'rib chiqilmaydi - uchrashuvni qoldirish faqat raqibning roziligi bilan amalga oshishi mumkin. "Sochi" ushbu o'yin qodirilishiga qarshi va 19 iyun kuni o'ynashga tayyor. RPL uchrashuvlarni o'tkazish reglamentiga binoan, o'yinni qoldirish qaroriga kelishi mumkin edi.
"RPL nima uchun o'zi qaror chiqarmayotgani va "Sochi"ga quloq tutayotganini tushunmayapman"
- O'yinni qoldirish bo'yicha "Sochi" bilan kelishib olish taklifiga qanday munosabatda bo'ldingiz, aks holda sizlarga texnik mag'lubiyat yozilarkan.
- Munosabatim turlicha. Birinchidan, nima uchun o'yinni qoldirish bo'yicha kimdandir ruxsat olishimiz kerak? Hozirgi vaziyatda "Sochi"dan o'yinni keyinga qoldirishga ruxsat so'rashimiz kerak ekan. Nizom(reglament)da, fors-major holatlarida yagona tashkilot qaror qabul qiladi - bu RPL deyilgan. RFU emas, "Rostov" yoki "Sochi" emas, faqat RPL.
Ikkinchidan, xuddi shunga o'xshash vaziyat "Sochi"da kuzatilgan, ularda bir qator futbolchilar tomoq og'rig'iga duch kelgan. O'sha holatda, RPL - bu fors-major holati ekanligini tan olgan va o'yinni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Agar odatdagi paytlarda tomoq og'rig'i yoki boshqa kasallik fors-major deb hisoblansa va global miqyosdagi COVID-19 fors-major deb hisoblanmasa, unda men nimani fors-major deb atash kerakligini tushanmayman. Urushnimi?
Reglamentda koronavirus bilan kasallanmang, aks holda texnik mag'lubiyat yoziladi deyilmagan. Klub qoidalarning qaysi bandini buzganligini bizga tushuntirib berishsin. CHempionatning amaldagi reglamentida o'yinni qoldirish uchun javobgarlik klublarning o'zaro kelishuvlarida emas, balki RPL zimmasida ekanligi aytilgan.
Uchinchidan, fors-major holati tufayli o'yinni qoldirish mumkin, ayniqsa, taqvimda bo'sh sanalarni topish mumkin bo'lgan pallada. Kubok bahslari qachon bo'lib o'tishi malum, ko'pchilik o'sha vaqtga ko'chirish imkoniyati mavjudligi haqida gapirmoqda. Nega bunday qilinmayotgani nomalum.
"Sochi"ning poziciyasidan hayratdamisiz? Klub o'yinni qoldirishga tayyor emas.
- Menimcha, RPLda "yil feyr-pleyi" g'olibi allaqachon aniq. Bu jamoa avvalroq, xuddi bizning ahvolimizga tushgan... "Rostov" Sochiga o'ynagani kelsin deyayotganlarni men mutlaqo tushunmayman - ular o'z futbolchilarining sog'lig'i haqida o'ylamaydimi? Ular infekciyani yuqtirib olishlari mumkin-ku! Asosiysi, uch ochkoni qo'lga kiritishmi?
"Qo'pol qilib aytganda, biz qamoqdamiz – hatto koridorga ham chiqarishmayapti"
- Sochida sog'lom bo'lganlar bilan o'ynashga tayyormidingiz?
- Biz ertaga parvoz qilishga va o'ynashga tayyormiz. Ammo biz karantindamiz, bu erga bizni Rospotrebnadzor yuborgan. Albatta, biz virus aniqlanmagan, mavjud tarkib bilan o'ynashga tayyormiz. Biroq biz borolmaymiz, chunki bizni chiqarishmaydi.
- Siz bazadamisiz?
- Ha, o'z xonalarimizda o'tiribmiz, hatto hech kim koridorga chiqmayapti. Qo'pol qilib aytganda, biz qamoqdamiz.
- Hozir sizlardan kim test olyapti?
- Karantinga olinganimizdan keyin testni Rospotrebnadzor o'tkazmoqda. Bungacha o'quv mashg'ulotlari qayta tiklangan paytdan boshlab, har 2-3 kunda test olindi. Biz reglamentga amal qildik, kichik guruhlarda mashq qilishni boshlab, har 2-3 kunda bir marta test topshirdik. Hammasi yaxshi edi, ijobiy natijalar yo'q qayd etilmagandi. Kasallanganlarni aniqlaganimiz yaxshi bo'ldi, aksincha bo'lganida yomon bo'lardi, Sochida o'ynab, virusni raqib jamoa vakillariga ham yuqtirardik.
- Sizningcha, jamoangizdagi futbolchilar qanday qilib virusni yuqtirib olishdi?
- Bir futbolchimiz muloqot orqali kasallangan, keyinchalik malum bo'lishicha, oila azosidan yuqtiribdi. Ammo aytaylik – dunyoda 8 million odam kasallandi, ko'pchilik, bu qanday sodir bo'lgani va qaerdan yuqtirib olganini bilmaydi. Hammamiz izolyaciyada o'tirdik, etkazib berish uchun mahsulotga buyurtma berdik, virus etkazib beruvchi shaxs orqali yuqqan bo'lishi mumkin. SHaxsan o'zim barcha qoidalarga amal qildim, hamma mahsulotlarni dezinfekciyalovchi salfetkalar bilan artdim. Ammo bu yuqtirib olmayman degani emas.
"Rostov" qanday noto'g'ri ish qilganini haligacha tushunmayapman"
- CHempionatni o'tkazish qoidalariga qarasak, savollar tug'iladi. Birinchidan, Rospotrebnadzor jamoani yopib qo'ygan taqdirda, harakatlar algoritmida aniq javoblar yo'q, ikkinchidan, agar mavsumni yakunlab qo'ymoqchi bo'lsak, bazada nimalarga amal qilish kerakligi haqida aniq va qatiy tartib yo'q.
- Buni yozib chiqish mumkin. Ammo barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda virus yuqtirib olmasligingizga kafolat bera olasizmi? Hattoki xavfsizlik choralari qatiy belgilangan bo'lsa ham, hech kim bunga kafolat bera olmaydi. Virus bilan Bosh vazir, mamlakat prezidenti matbuot xizmati rahbari, "Spartak" egasi kasallandi. Buni ataylab qilishmadi-ku, ular barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishgan. Infekciyani yuqtirgan birinchi futbolchimiz buni ataylab qilmagan va hatto bazada o'tirib ham, qaysidir joydan yuqtirib olgan bo'lishi mumkin.
- Birinchi kasallangan inson Bayramyanmidi?
- Ha. Vaziyatni qarangki, shanba kuni test o'tkazilgan - natija salbiy. Yakshanba kuni kechqurun uning harorati ko'tarilgan. Dushanba kuni testdan o'tgan, bunisi ijobiy chiqqan. Xorenni alohidalashdi, butun jamoa testdan o'tdi va mana shunday natijalar qayd etildi. "Rostov" nimani noto'g'ri qilganini haligacha tushunmayapman - biz reglamentning barcha qoidalariga amal qilgandik. O'yinni qoldirish bo'yicha qo'shimcha qilaman: Evropada bunday holatlar mavjud: Ukrainada, Italiyada, Germaniyada - barchasida o'yinlar qoldirildi. Biz pandemiya paytida o'ynashga qaror qildik, xavf-xatar haqida hamma bilardi. Qanday qilib sug'urta qilinish mumkin ekanligi haqida esa hozirga qadar hech kim bilmaydi.
- Yana bir variantlardan biri - futbolchilardan yana test olish va dushanba kuni tur doirasida o'yinni o'tkazish. Siz bunga qanday qaraysiz?
- Asosiy tarkib futbolchilarining yarmi bo'lmagan taqdirda ham, har qanday variantga rozimiz. Biz o'ynashni xohlaymiz va bunga tayyormiz, ammo karantindan ozod qilishmaydi. Bunday sharoitda o'yinni kim va qanday qilib o'tkazishi mumkin?
- O'rinbosarlar yoki akademiya bilan o'ynashga nima deysiz?
- O'rinbosarlar va akademiyalarning o'yinlari mart oyida bekor qilingan. Mart oyidan beri aksariyat futbolchilar maydonga tushishmadi. Yoshlar va "Rostov-2003" koronavirus uchun sinovdan o'tkazildi, ularning natijalari salbiy chiqdi. Mart oyidan beri mashq qilmagan 15-17 yoshli futbolchilar Sochiga yo'l olishlari mumkin. Ammo u qanday ko'rinishga ega bo'ladi?
- Agar siz ular bilan o'ynasangiz, unda bu RPL emas, balki cirk bo'ladi.
- Men ham xuddi shu narsani nazarda tutyapman.
"Sochi" bilan o'yinni qoldirish mumkin
- Muammoni hal qilish istiqboli mavjudmi? RPL va RFU Rospotrebnadzor bilan aloqaga kirishib muammogi hal qila oladimi? SHunda siz yosh bolalardan iborat tarkibga emas, balki asosiyga o'xshab ko'rinadigan tarkibga ega bo'lardingiz.
- Kim kim bilan bog'lanishi kerakligini aniq bilmayman. Ammo agar bir nechta salbiy test natijalari chiqchan futbolchilarni karantindan ozod etishsa, biz ertagayoq Sochiga uchib borib, mavjud tarkib bilan o'ynashga tayyormiz. Masalan, Smolov Ispaniyaga borganida, 2 haftalik karantinga olinmagan va test topshirgan holatida mashg'ulotlarga qo'yib yuborilgan. Aytmoqchimanki, test bir nechta salbiy natijalarni ko'rsatsa, 2 haftalik muddat majburiy emas. Lekin bu faqat mening fikrim. Takror aytaman - Sochidagi o'yinni qoldirish mumkin va buning uchun taqvimda joy bor.
- "Rostov"da karantinda bo'lmagan, hech bo'lmasa bitta futbolchi bormi?
- Hamma karantinda. Hatto guruhlarga bo'linib shug'ullanganda ham, o'yinchilar baribir bir-birining yonida yugurishadi, ular ham darhol karantinga olinadi, albatta. Ikki tomonlama mashg'ulotlar olib bordik va o'ynadik. Ammo men tushunmaganim - agar biz chempionatga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsak va 7 kundan keyin o'yin o'tkazadigan bo'lib tursak, qanday qilib ikki tomonlama o'yin olib borishni taqiqlash mumkin?
- Mantiqan olib qaralsa, agar boshqalar sinov o'yinlarini o'tkazayotgan bo'lsa, nega sizlar ikki tomonlama o'yin o'tkazolmaysiz.
- Ha. Sinov bahslariga kelsak, ularning omadlari keldi. Agar "Dinamo" "Spartak" yoki "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaganda koronavirus bilan bog'liq holat yuzaga kelsa, shunda virus bitta jamoa emas, ikkita jamoaga yuqishi mumkin edi.
“Biz qayta tiklanish tarafdorimiz. O'yin o'tkazmoqchimiz va sport tamoyiliga ko'ra, qaerda bo'lishmiz lozim bo'lsa, o'sha erda hozir bo'lish istagidamiz"
- Hozirgi vaziyat jamoaviy tayyorgarlikka qay darajada tasir ko'rsatmoqda?
- Bu biz mashg'ulotlarni boshlashimizdan oldin ham aytilgan - barcha o'yinlar jismoniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan qiyin bo'ladi. Rostini aytsam, barcha jamoalarning, shu jumladan, bizning ham ahvolimiz qanday bo'lishini hech kim bilmaydi. Va endi, biz karantinda bo'lsak va xonani tark eta olmasak, bu aniq tasir qiladi. Ammo bularning barchasiga qaramay, agar biz karantindan ozod bo'lsak, o'ynashga tayyormiz va o'ynashni xohlaymiz.
- Ammo avalroq, tiklanishga tayyor bo'lganini aytganlar "Sochi" bilan kelishuv zarurligi haqida gapirishmoqda. Malum bo'lishicha, RPL shaxsidagi regulyator muammoni hal qilishdan chekinmoqda?
- Reglamentda fors-major holatida kim qaror chiqarishi belgilab qo'yilgan. Yoki endi biz fors-major holati nima ekanligini bahslashib o'tiramizmi? bahslashmoqchimizmi? Pandemiya va koronavirus – fors-major holati.
- "Rostov" oldin ham chempionatning tiklanishining tarafdori bo'lgan va bundan keyin ham shunday ekan. Ushbu poziciyangizdan afsuslanmadingizmi?
- Yo'q. Biz tiklanish tarafdorimiz. O'yin o'tkazmoqchimiz va sport tamoyiliga ko'ra, qaerda bo'lishmiz lozim bo'lsa, o'sha erda hozir bo'lish istagidamiz.
- Ushbu vaziyatdan qanday saboqlar oldingiz?
- Hayotda hamma narsa, har kim bilan, har erda sodir bo'lishi mumkin - bu yagona dars. Kimdir biror narsaga rioya qilinmaganini aytish, faqat betaraflarga xos. Do'konlarga, xuddi butun dunyodagi odamlar cingari chiqdik. Mahsulotlarni buyurtma qildik - ha, butun dunyo kabi. Rostovni aylanib chiqmadik, chunki hamma joy yopiq. Va siz virusni har kimdan va har qanday narsadan yuqtirib olishingiz mumkin.
- "Sochi" bilan o'yinni qoldirish imkoniyati bor deb o'ylaysizmi? Sochiliklar uchrashuvni qoldirishga tayyor emasliklarini yana bir bor tasdiqlashdi.
- "Sochi"ning poziciyasi hech kimni xavotirga solmasligi kerak. Fors-major holatida qanaqa "Sochi" poziciyasi? Malum bo'lishicha, odamlar hatto o'z o'yinchilarining sog'lig'i haqida qayg'urmaydilar. Menimcha, ular "Rostov"ning uchib borishi imkonsizligini bila turib, shu poziciyada turishibdi.
Rus tilidan SHerzod Nurmatov tarjimasi
Fikrlar