So’nggi yangiliklar

20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1

Sobiq hakam: "Ispaniya - Rossiya uchrashuvida "uydagi hakamlik" guvohi bo'ldik" Yangiliklar

Sobiq hakam: "Ispaniya - Rossiya uchrashuvida "uydagi hakamlik" guvohi bo'ldik"

FIFA sobiq hakami Miroslav Stupar Ispaniya hamda Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/8 final uchrashuvidagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

"Kuypersning hakamligini bir tomonlama yoki xatolik deb bo'lmaydi. Ammo "uydagi hakamlik" tushunchasi bor va bu Ispaniya - Rossiya bahsida sodir bo'ldi.

Penalti belgilash yoki 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaslik borasida 2ta vaziyat bo'ldi. 39-daqiqada Dzyuba va Pike to'p uchun kurashdi, biroq havodagi kurashda Artyom g'olib chiqdi, Pike esa to'pga sakrab, chap qo'lini havoda ushlab qoldi. To'p uning qo'liga tegdi va Keypers penalti belgiladi.

Arbitr vaziyatni yaxshi ko'rib turgan edi va Pike bu ishni atayin qilganini tushundi. Kuypers xato qaror qildi deyishga hojat yo'q.

104-daqiqada esa ikkilanish mumkin. Hisob 1:1 paytida jarima maydonchasiga to'p uzatildi, Pike kurashga kirishmoqchi edi, ammo Ignashevich uni kurashchilar uslubida yiqitdi. To'p o'tib ketdi, ispanlar esa videoassistent tizimi kerakligini aytishdi. Kuypers monitor qarshisida bo'lganida boshqa qaror qabul qilgan bo'lar edi, ammo hakam faqat yordamchilar gaplarini eshitdi. Bu vaziyat borasida savollar bor" - deydi Stupar.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика