Smolling: "Murabbiy sizga gapirmasligining o'zi shunchaki dahshat"
16 iyu 2021 23:15
Yangiliklar
Smolling: "Murabbiy sizga gapirmasligining o'zi shunchaki dahshat"
"Roma" futbolchisi Kris Smolling jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan hech qanday adovati yo'q ekanligini aytib o'tdi.
"Bilasizmi, murabbiy sizga gapirmasa, hech nimani talab qilmasa - shunchaki dahshat. Mourinyu - tug'ma g'olib. U barchani chegaradan chiqmagan holda boshqarishni istaydi. Joze butun faoliyati davomida shunday ishlagan va mevasini olgan.
OAV bizning o'rtamizdagi munosabatlarni yana kavlashtirayotganini o'qidim. Ammo ayni damda oldin ham birga ishlagan murabbiy bilan qayta faoliyat olib borish hech qanday muammo tug'dirmayapti", - dedi Smolling.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Kris Smolling va Joze Mourinyu "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.
Fikrlar