Smolling "Manchester Yunayted"ga qaytadigan bo'ldi
02 avg 2020 16:22
Yangiliklar
Smolling "Manchester Yunayted"ga qaytadigan bo'ldi
"Roma" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Kris Smolling Angliyaga qaytadi.
"Sky Italia" xabariga ko'ra, "Roma" futbolchini sotib olishni istagan, biroq tomonlar kelisha olishmagan. Italiya klub mankunianliklar so'rayotgan transfer mablag'ini to'lay olmasligini bildirgan. SHu orqali Smolling yaqin vaqtlar ichida MYU tarkibiga qaytadi.
Smolling ushbu mavsumda "Roma" tarkibida barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi. Uning transfer narxi 16 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar