Slot Federiko Kezaning o'yiniga baho berdi
19 dek 2024 14:46
Yangiliklar
Slot Federiko Kezaning o'yiniga baho berdi
"Liverpul" ustozi Arne Slot jamoa vingeri Federiko Kezaning Angliya Liga Kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yiniga baho berdi.
"U qaytganini va o'yin davomida bir nechta vaziyatga ega bo'lganini ko'rish yoqimli.
Men bir nechta juda yaxshi vaziyatlarni ko'rdim va yana bazi vaziyatlarda: "Yaxshi, sen bundan ham yaxshiroq o'ynay olasan. Bu normal holat", - deydigan vaziyatlarni ko'rdim".
Eslatib o'tamiz, Keza "Liverpul"ga "Yuventus"dan shu yilning avgust oyida ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. 27 yoshli vinger barcha musobaqalarni inobatga olganda 4 o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma etkazib berishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar