Slot APL haqida: "Bu qiyin liga, avvallari top-5 uchun bunday kurash bo'lmagan"
25 apr 21:54
Yangiliklar
Slot APL haqida: "Bu qiyin liga, avvallari top-5 uchun bunday kurash bo'lmagan"
"Har kimning o'z fikri bor. Bu dunyoda o'z fikringini boshqalar bilan baham ko'ra olasiz. Bu juda ijobiy holat.
Men bu erda endigina bir yil bo'ldim. Menimcha, oldinlari top-4 yoki top-5da yakunlash bu darajada hayajonli bo'lmagan. O'tgan yillarda qaysi klublar birinchi uchta yoki to'rtta o'rinni egallashi deyarli aniq bilinardi. Fikrimcha, bu haqiqatan ham murakkab liga. Чunki bu erda o'ynash hech qachon oson bo'lmagan.
Biz ligada 3 yoki 4ta gol farqi bilan g'alaba qozona oladigan yagona jamoa emasmiz. Balki bu ish 3–4 yil avval ancha osonroq bo'lgandir.
Yoki ligadagi barcha jamoalar kuchsizlanib qolgan yoki biz — “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Arsenal” juda kuchlimiz. Lekin boshqa jamoalar raqobatbardosh bo'lish uchun xatto bizdan ko'p mablag' sarflay oladilar", – dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.
Slot jamoasi chempionatning 34-turida yakshanba kuni “Tottenxem”ga qarshi o'yinda mag'lub bo'lmasa, APL chempionligini muddatidan avval rasmiylashtirishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar