Slomka bayonot berishdan bosh tortmoqda
30 dek 2013 12:10
Yangiliklar

Slomka bayonot berishdan bosh tortmoqda
Yaqinda Germaniyaning "Gannover" jamoasi bosh murabbiyi Mirko Slomka vazifasidan ozod etilganidan xabaringiz bor.
Muddatidan avval istefoga chiqarilganidan ranjigan murabbiy jurnalistlarga ishdan bo'shatilishi borasida axborot berishni istamayapti.
"Men u erdan ketdim va boshqa biror nima deyishni istamayman", - deya istefosiga sharx berishdan bosh tortdi Slomka.
Mirko Slomka shu paytga qadar faqat shaxsiy veb-sahifasi orqali "Gannover" muxlislariga murojaat etib, ularga to'rt yillik iliq hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Qadrli "Gannover" muxlislari, sizlarga to'rt mavsum davomida bizni doimo ko'tarinki ruhda qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar bilan o'tgan ajoib damlarimni aslo unutmayman. Istaymanki, jamoaga doim sodiq qoling va yigitlarni qo'llab-quvvatlashda hech ham charchamang!", - dedi "Gannover"ning endilikdagi sobiq ustozi.
"Bild" nashrining axborot berishicha, Slomka "Gannover"dan erta bo'shatilgani tufayli 1,5 mln evro miqdorida kompensaciya oladi. Eslatib o'tamiz, u 2010 yildan buyon Gannover shahri bosh jamoasini boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar