So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Slaven Bilich keyingi yil Toshkentga keladi(mi)? Yangiliklar

Slaven Bilich keyingi yil Toshkentga keladi(mi)?

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "B" guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" va BAAning "Al Vahda" klublari o'rin oldi. Yana bir klub nomi pley-off bosqichidan so'ng malum bo'ladi. Hozircha O'zbekiston chempioni nomi malum emas. Toshkentning "Lokomotiv" va "Paxtakor" klubi 2018 yilgi Superliga chempioni bo'lish uchun kurash olib borishmoqda.

Biz "Al Ittihod" va "Al Vahda" safida qaysi mashhur futbolchilar borligi haqida malumot beramiz.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini bugungi kunda xorvatiyalik mashhur murabbiy Slaven Bilich boshqarib bormoqda. Jamoa safida Metyu Yurman (Avstraliya), Karlos Vilyanueva (CHili), Karim El Ahmadi (Marokash), Valdiviya (Braziliya), Aleksandar Peshich (Serbiya), Jonas (Braziliya), Tiago Karleto (Braziliya) va Fahad Al Muvallad (Saudiya Arabistoni) kabi futbolchilar o'ynaydi. Etiborlisi "Al Ittihod" o'z milliy chempionatida 9ta turdan so'ng 16ta klub orasida eng oxirgi o'rinni egallab turibdi. Agar shunday davom etadigan bo'lsa Bilich istefoga chiqishi va Toshkentga kelmasligi mumkin.


Saudiya Arabistoni chempionati musobaqa jadvali


"Al Vahda"ni hozirda ruminiyalik Leonardo Regekampf boshqarib bormoqda. Jamoa tarkibida Ismoil Matar (BAA), Sebastyan Talyabue (Argentina), Murad Batna (Marokash), Leonardo (Braziliya), Rim CHang Vu (Janubiy Koreya) kabi futbolchilar bor. "Vahda" yangi mavsum BAA chempionatining 9ta turidan so'ng 15 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.


BAA chempionati musobaqa jadvali

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика