So’nggi yangiliklar

19:36Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  1 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  0 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  5 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  16 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12

Slavche Voyneski: "Futbol shunaqa, jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Futbol shunaqa, jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi"

Teglar :  "Paxtakor""Surxon"
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinni yomon boshladik, birinchi bo'limni yomon o'tkazdik. Ikkinchi bo'lim yaxshi boshlandi, raqib darvozasiga ikkita to'p kiritdik. Biroq o'yin yakuniga qadar mehmonlar ham darvozamizga ikkita gol urishdi. Raqibning har ikki goliga ham futbolchilarning alohida xatolari sabab bo'ldi. Bazida futbolda shu kabi xolatlar ham bo'lib turadi. Ishlashda davom etamiz, hozirda "Paxtakor"da yangi jamoa shakllantirilmoqda. Tarkibda mavjud bo'lgan futbolchilar yoniga yangilarni qo'shgan xolda yaxshi jamoa tuzish harakatidamiz. 

- Futbolchilarda motivaciya etishmayotgandek ko'rinmoqda. Bu borada siz qiyinchiliklarga duch kelayapsizmi?

- Birinchi o'rinda OCHL o'yinlaridan so'ng hali ham soliq to'lab yurgandek yuribman. Qisqa vaqt ichida kam sonli futbolchilardan foydalandik. Buning oqibatida jamoamizda charchoq ko'zga tashlanmoqda. Hali futbolchilarda moslashish jarayoni yakuniga etgani yo'q. Bundan tashqari, siz haqsiz, "Paxtakor"da o'ynash o'ziga yarasha bosimni yuklaydi. CHunki "Paxtakor" doim yutishi shart, birinchi bo'lishi shart. Aynan shu bosimga dosh berish bazi futbolchilarda etishmayotgan bo'lishi ham mumkin.

- Ayni damda klubdagi o'zgarishlar va natijalar jamoa kayfiyatiga salbiy tasir etmayaptimi?

- Bu qarorlar klub rahbariyati tomonidan chiqarildi. Bu mening faoliyatimga qay darajada tasir etishini bilmayman, bu haqida malumotga ega emasman. Futbolchilar haqida gaplashadigan bo'lsak, ehtimol balki tasir qilishi mumkin. Biz kecha futbolchilar bilan gaplashdik. Ularning barchasi professional va bu kabi xolatlar muammo bo'lishi kerak emas. Futbolda hamisha bir jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi. 

- Futbolda xato evaziga gol uriladi. Lekin bugun jamoada g'alabaga nisbatan ishtiyoq ko'rinmagandek tuyuldi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Men sizni tushundim. "Paxtakor" o'ynashni istadi. Ko'rgan bo'lsangiz, biz xatolar bo'lishiga imkon qadar yo'l qo'ymadik. Etakchi futbolchilarimiz turli sabablarga ko'ra maydonga tusha olishmayapti. Masalan Dragan CHeran safga qaytsa hujumdagi faolligimiz yanada ortadi.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика