So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   0 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Slavche Voyneski: "Bu o'yindan faqat uch ochko yodda qoladi, boshqa hech narsa emas. Ko'rsatgan o'yinimiz bilan maqtana olamizmi? Yo'q" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Bu o'yindan faqat uch ochko yodda qoladi, boshqa hech narsa emas. Ko'rsatgan o'yinimiz bilan maqtana olamizmi? Yo'q"

Teglar :  "Paxtakor""Neftchi"
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Kiyinish xonasida shogirdlarimga bu o'yin haqida esda qoladigan yagona narsa uch ochko bo'lishini aytdim. Bazida 11 ga 11 o'ynash yaxshiroq bo'ladi. Ismoilov qizil kartochka olganidan afsusdaman. U juda yaxshi o'yinchi va ajoyib yigit. Futbol shunday beshafqat o'yin. Raqib jamoani ko'rsatgan ajoyib o'yini bilan tabriklamoqchiman. Ayniqsa, ular bir kishi kam bo'lishlariga qaramasdan, oxirgi daqiqalarda bizga juda kuchli bosim o'tkazishdi. Bazida shunday o'yinlar bo'lib turadi. Ammo yuqorida takidlaganimdek, bu o'yindan faqat uch ochko yodda qoladi, boshqa hech narsa emas. Ko'rsatgan o'yinimiz bilan maqtana olamizmi? Yo'q. O'yin uslubimiz bilan maqtana olamizmi? Yo'q. Biz juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Bunisi yaxshi. Ammo bu katta bir do'konga borib, u erni aylanib, hech narsa sotib olmay chiqib ketishga o'xshaydi. Do'konga bordingmi, u erdan nimadir sotib olishing shart. O'yinchilarimga rahmat aytaman. Nima bo'lganda ham uch ochko oldik. Lekin biz ko'pchilik bo'lib o'ynayapmizmi, bundan kerakli naf chiqarishimiz lozim. Yana bir jihatni takidlash joiz. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar eng kamida o'sha tempni saqlab berishlari yoki o'yinni kuchaytirishlari lozim. Bugun esa bazi o'yinchilar maydonga tushgandan so'ng o'yin sifati tushib ketdi. Bunday bo'lmasligi kerak.

- "Paxtakor"ning dastlabki rasmiy ikki o'yinida asosiy ishni baribir ham Dragan CHeran bajarmoqda. Jamoa CHeranga keragidan ortiq bog'lanib qolmaganmi?

- Albatta, gol urish borasida jamoada balans bo'lishi kerak. Biroq, kecha Karim Benzema uchta gol urdi. Bu Anchelottiga muammo tug'diradimi? Yo'q. Men Dragan CHeran gollar urayotganidan mamnunman. Bizning o'yinga bo'lgan qarashimiz shunday, bunda muammo yo'q. CHeran hujumchi sifatida ham, hujum ortida ham o'ynashi mumkin. 

- Oliver SHarkich haqida

- Ochig'ini aytaman, Oliver SHarkich bunday futbolga moslashishi uchun biroz vaqt kerak. U jamoaga dunyoning boshqa burchagidan keldi. Boshqa mamlakat, boshqacha futbol. Unga vaqt kerak. Misol uchun, Aziz Turg'unboev jamoaga moslashishi uchun olti oy vaqt ketdi. U ham boshida qiynalgandi. Hozir esa Turg'unboev avvalgidan boshqacha ko'rinishda. SHarkichga ham vaqt kerak. Bu mening shaxsiy fikrim, albatta. 

- Kamen Xadjievning o'yinidan qoniqish hosil qilmoqdamisiz? Unda hujum boshlashda biroz kamchiliklar ko'zga tashlandi...

- Kamen Xadjiev  va Larin juftligi o'ynagan oxirgi o'yinlarga etibor qaratadigan bo'lsak, biz ushbu o'yinlarda hali gol o'tkazmadik. Men bu himoyachilardan talab qiladigan eng asosiy jihat ham aynan quruq o'yin. Ikkinchidan, har futbolchi aynan o'ziga belgilangan vazifani bajarishi kerak. Albatta, agar bo'shliqlar bo'ladigan bo'lsa, biz himoyachilarga hujum boshlashlariga va oldinga o'tishlariga ko'rsatma beramiz. Ammo bazida bunga ko'p berilib ketish kerak emas.

- "Paxtakor"da etarlicha hujumchilar bor. Lekin hujumlarni yakunlashda muammo yuzaga keldi. Buning sababi nimada?

-Biz bu muammo bilan mavsum boshlanmasdan beri kurashib kelmoqdamiz. SHunga qaramasdan, hali ham qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor. Asosiy muammo koncentraciyani jamlash va so'nggi pas berishda bo'lmoqda. Bunda biz sifatliroq harakat qilishimiz kerak. Bizda yana Mirahmadov bor. U hali ham o'zida og'riq sezmoqda. Biroq keyingi o'yingacha u tayyor bo'lishi kutilmoqda.

-"Paxtakor" kuchli akademiyaga ega. Bosh murabbiy bizga bu yil ham yangi nomlarni taqdim qila oladimi?

-Albatta, biz buni hisobga olganmiz. Mavsum davomida ko'pchilikka imkoniyat berib boramiz. Bugun Ruslan o'ynadi. Diyor Xolmatov, Abbosbek Fayzullaev va Abbos Ergashboevda ham imkoniyatlar bo'ladi. Biz har safar yosh o'yinchilarga imkoniyat beramiz. Bu tabiiy ravishda bo'ladi. Agar yosh futbolchi mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa, u albatta maydonga tushadi. Agarda qaysidir yosh o'yinchini to'liq maydonga tushiradigan bo'lsak va u o'zini ko'rsata olmasa, bu menga va aynan o'sha o'yinchiga katta bosimni yuklaydi. Yoshlar jamoasini to'liq kuzatib bormoqdaman. Bundan tashqari, bizda yana 3-4 nafar o'yinchi bor. Ular katta jamoa bilan mashq qilishmoqda.

-Krimec ketganidan so'ng Azamov sardor bo'lishi aytilgandi. Bu jarayon qanday kechdi?

-Sardorni men tanlamadim. Buni jamoani o'zi hal qiladi. Ular o'zaro maslahatlashib, Azamovni tanlashdi. Jamoa futbolchilari doim birga, ular buni o'zlari hal qilishadi. SHerzod hozir o'ynamagan bo'lsa ham u biz uchun juda muhim o'yinchi.

-Markazdan hujum boshlash muammoligicha qolmoqda. SHu haqida gapirsangiz...

-Yaxshi savol. "Dinamo"ga qarshi o'yinda ham kuzatgan bo'lishingiz mumkin. Biz markazdan hujum boshlamoqchi bo'lgan paytimizda ular markazga blok qo'yishmoqda va hujumlarimiz boshlanmasdanoq ularni to'xtatishga urinishmoqda. Mashg'ulotlarda biz aynan markaz orqali hujumlar uyushtirish ustida ishlamoqdamiz. Bizning jamoa kreativ bo'lishi kerak. Rang-baranglik lozim. Muntazam ravishda qanotlar yoki markazdan hujumga o'tishimiz kerak. Buning uchun bo'shliq bo'lishi kerak. Agar bo'shliq bo'lmasa, biz o'zimiz uni yaratishimiz kerak. Aynan shu bo'shliqlar paydo bo'lganidan so'ng bizda hujum uchun imkoniyatlar bo'ladi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика